Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Normativ 
shartnomalar
5-§.


209
X bob.
 Huquqning 
shakli (manbai)
asosida amalga oshadi. Jamiyatdagi muhim va rasmiy munosabatlar faqatgina 
yozma shakldagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Davlatlararo shart-
nomalarning barchasi yozma shaklda tuziladi.
Shartnomalar tuzilish muddatining davomiyligiga ko‘ra 
qisqa muddatli 
va 
uzoq muddatli shartnomalarga ham bo‘linadi. Oila va nikoh munosabat-
larida tuziladigan shartnomalar (nikoh shartnomasi) uzoq muddatli bo‘lib hi-
soblanadi. Qisqa muddatli shartnomalar esa muayyan ishni ma’lum bir vaqt 
ichida amalga oshirish bilan yakunlanadigan hollarda tuziladi.
Dunyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar hech bir davlatning qo-
nun yoki qonun osti hujjati bilan tartibga solinmaydi. Xalqaro munosabatlarda 
shartnoma huquq manbayi sifatida maydonga chiqadi. Xalqaro shartnoma – 
davlatlararo yoki boshqa shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘lib, xalqaro 
huquq asosida tuziladi va tartibga solinadi. Xalqaro shartnomlar tuzilgan vaqt-
da yoki tan olinganida (ratifikatsiya qilinganida), uning matnida ifodalangan 
majburiyatlarni taraflar bajarishi shart ekanligi belgilab qo‘yiladi. Ayrim hol-
larda davlatlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar amal qilish muddati tugamas-
dan ham bekor qilinishi mumkin. Buni xalqaro huquqda 
denonsatsiya qilish 
deb nomlanadi. Vena konvensiyasining 2-moddasida xalqaro shartnoma huquqi 
haqida shunday tushuncha berilgan: «Shartnoma – bu davlatlar o‘rtasidagi 
kelishuv bo‘lib, yozma ravishdagi xalqaro huquq bilan tartibga solinadi». Masa-
lan, 1990-yilgi 12-sentabrda «GFR va GDRni yagona Germaniya davlatiga bir-
lashtirish to‘g‘risida» tuzilgan xalqaro shartnoma ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni tartibga soluvchi huquq manbayi sifatida xizmat qilmoqda. 
GDR bilan GFR davlatlarini birlashtirgan xalqaro shartnoma ularning keyingi 
harakatlari uchun asosiy huquqiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Xalqaro-huquqiy 
shartnoma: kelishuv, akt, konvensiya, deklaratsiyalar xalqaro huquqning man-
bayi hisoblanib, davlatlarning o‘zaro siyosiy (hamdo‘stlik, o‘zaro yordam, hu-
jum qilmaslik, qurolsizlanish to‘g‘risidagi), iqtisodiy (savdo, iqtisodiy yordam 
ko‘rsatish, qarz berish, kredit berish haqidagi) va boshqa toifa hamkorligini 
tartibga solishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va maxsus 
masalalar bo‘yicha bir qancha shartnomalar tuzgan va bu borada 1995-yilda 
O‘zbekiston Respublikasining «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida»gi qonuni 
qabul qilingan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqaro shartnomalarning 
qoidalari O‘zbekiston qonunlariga nisbatan ustunlikka ega.
Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy manbalaridan biri sifa-
tida davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi turli xil munosabatlarni tartibga soluvchi 
huquqiy hujjatdir. Xalqaro shartnomalar huquqi xalqaro huquqning alohida so-
hasi sifatida maydonga chiqadi.
14–18-8



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling