Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
212
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi kishiga ham savobi yetib turadi. Va kimki bir yomon yo‘lga birinchi bo‘lib yursa, uning gunohi o‘sha boshlagan kishiga bo‘ladi. Aynan shu yo‘lga undan so‘ng to qiyomatgacha kim yursa, yurganga qancha gunoh bo‘lsa, birinchi bo‘lib boshlagan kishiga ham shuncha gunoh yetib turadi». Sunnatning shar’iy istilohiy ma’nosi – janobi Rasulullohning (s.a.v.) aytgan so‘zlari, qilgan ishlari hamda taqrirlaridir (u zotning huzurlarida birov biror so‘z aytsa yo biror ish qilsa, u so‘z yo ishga Payg‘ambar (s.a.v.) e’tiroz bildirmagan bo‘lsalar, buni taqrir deyiladi va u ham sunnat hisoblanadi). Sunnatda kelgan hukmlar darajasiga ko‘ra Qur’on hukmlaridan keyin turadi. Bu normalarga bo‘ysunish, ularga amal qilish musulmonlar uchun majburiydir. Sunnat uch xil bo‘ladi: birinchisi, sunnati qavliy (aytil- gan so‘z); ikkinchisi, sunnati fe’liy (qilingan ish); uchinchisi, sunnati taqririy (payg‘ambar (s.a.v)ning e’tiroziga uchramagan so‘z yoki ish) 1 . Qur’on oyatlarining bir qanchasida Payg‘ambarga itoat etishga buyurilgan. Payg‘ambarga itoat etish Allohga itoatdir deb ko‘rsatilgan. Oli- Imron surasining 32-oyatida: «Ey Muhammad, Allohga va uning rasuliga itoat qilinglar, deb ayting». Niso surasining 80-oyatida esa: «Kimiki Alloh- ning rasuliga itoat qilsa, Allohga itoat qilibdur», deyilgan. Yoki «Agar Alloh va uning payg‘ambari biror mo‘min yo mo‘minaga biror ish yuzasidan hukm chiqargan bo‘lsa, u hukmni ijro etish yo etmaslik to‘g‘risida ularda hech qanday ixtiyor yo‘qdir» (ya’ni hukmni bajarishlari shart) (Ahzob surasi, 36-oyat)». Hashr surasining 7-oyatida esa, bunday deyiladi: «Sizlarga nima narsaniki payg‘ambar keltirsa, uni qabul qilinglar. Sizlarni nima narsadan qaytarsa, undan qaytinglar». Qur’oni Karimda insonlarga bir qancha hukmlar berilgan, lekin ularni qay tartibda bajarish, miqdori va boshqalar ko‘rsatilmagan. Shu holda uning bu qismini sunnat ko‘rsatib beradi. Masalan, «Namoz o‘qinglar va zakot beringlar» (Baqara surasi, 110-oyat); «Sizlarga ro‘za farz qilindi» (Baqara surasi, 183-oyat); «Alloh savdoni halol qildi va riboni (pulni foydaga qo‘yishni) harom qildi» (Baqara surasi, 275-oyat). Lekin ushbu oyatlarda qaysi kayfiyatda, qanday qilib namoz o‘qish, zakotni qanday moldan, qachon va qay miqdorda berish, ro‘zani qay tartibda ijro qilish, savdoning halol va harom turlari, riboning turlari ahkomlari yo‘q. Bularning hammasini Payg‘ambar (s.a.v.) bayon qilganlar va ko‘rsatib berganlar. Shunday qilib, sunnat orqali kelgan hukmlar, yo Qur’on hukmlarini tas- diqlagan, yoki uning hukmlarini tafsir qilib bergan yoxud Qur’onda belgilan- magan hukmlarni o‘rnatgan. 1 Аbdulvahhob Хallof. Usulul fiqh (islom qonunshunosligi asoslari). Birinchi, ikkinchi qismlar. – T.: 1997. – 36-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling