Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
213
X bob. Huquqning shakli (manbai) Islom huquqining uchinchi manbayi ijmo’ hisoblanadi. Ijmo’ning lug‘aviy ma’nosi «qasd qilmoq»ni anglatadi. Ijmo’ deganda, musulmonlardan bo‘lgan mujtahidlarning Rasululloh(s.a.v.)ning vafotlaridan keyin, biror-bir shar’iy ma- sala yuzasidan yakdillik bilan qabul qilingan qarori tushuniladi. Hukm ijmo’ bo‘lishi uchun to‘rt shart bo‘lishi: birinchisi, mujtahidlar bo‘lishi; ikkinchisi, musulmon bo‘lishi; uchinchisi, janobi Payg‘ambar (s.a.v.) va- fotlaridan so‘ng bo‘lishi (Rasululloh (s.a.v.)ning davrlarida ijmo’ qo‘lanilmagan, sababi, u kishi barcha masalalarda o‘zlari yakka javob berganlar); to‘rtinchisi, ijmo’ qilinadigan masala shar’iy bo‘lishi kerak. Payg‘ambar (s.a.v.)dan so‘ng biror-bir voqeaning hukmi Qur’ondan ham, sunnatdan ham topilmasa, o‘sha davrning mujtahidlaridan masalaning shar’iy hukmi so‘ralgan. Ularning ushbu masala yuzasidan bir hukmga ittifoqi ijmo’ bo‘lib, u shar’iy qonun hisoblangan va unga itoat qilish lozim, qarshi chiqish mumkin emas. Ijmo’ qilingan masala ikkinchi bor keyingi davr mujtahidlari uchun ijtihod mavzusi bo‘lishi mumkin emas. Chunki ijmo’ bilan chiqarilgan hukm qat’iy bo‘lib, unga qarshi chiqish hamda uni bekor qilish mumkin emas. Dunyoviy ishlar boshlig‘i podsholar, amirlar, hokimlar bo‘lib, diniy ishlar boshlig‘i mujtahidlar va ahli fatvolar – fatvo berishga iqtidorli ulamolardir. Ishboshi bo‘lgan mujtahidlar shariatda bir hukmga ittifoq qilsalar, unga itoat qilish lozim, ularning hukmlarini ijro qilish Qur’oni Karim oyatiga asosan bo‘ladi. Qur’oni Karim Niso surasining 83-oyatida shunday deyiladi: «Agar oyati karimadan yo sunnati nabaviyadan javobi topilmagan masalani payg‘ambarga qaytarsalar (ya’ni, payg‘ambar sunnatiga solishtirsalar) va o‘zlaridan chiqqan mujtahidlarga havola qilsalar, albatta, ijtihod qilishga qodir bo‘lganlar o‘sha masalani bilardi». Ijmo’ning ma’qul deb topilgani shu bilan asoslanadiki, Payg‘ambar (s.a.v.) dan qolgan hadisi sharifga ko‘ra, Islom ummatining barchasi jam bo‘lgan holda xatoga yo‘l qo‘yishlari mumkin emas. Janobi Payg‘ambar (s.a.v.) aytganlarki: «Mening ummatim xatoning ustida jam bo‘lmaydi». Musulmon huquqining to‘rtinchi manbayi bo‘lgan qiyosga katta ahami- yat beriladi. Qiyosda Qur’on va sunnatda berilmagan biror huquqiy masala, ulardagi shunga o‘xshash masala bo‘yicha berilgan ko‘rsatmaga taqqoslash yo‘li bilan sharh etiladi. Qiyos lug‘atda ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchisi, bir narsani o‘ziga o‘xshash ikkinchi narsa bilan solishtirish; ikkinchisi, bir nar- sani o‘ziga o‘xshash ikkinchi narsaga tenglashtirish. Islom huquqida qiyos deganda, hukmiga Qur’on yoki sunnatda dalil kel- magan voqeani, hukmiga Qur’on yoki sunnatda dalil kelgan voqeaga, har ikkala voqea hukm sababida bir xil bo‘lganligi uchun o‘xshatish tushuniladi. Masalan, Qur’onda xamr, ya’ni mast qiluvchi, kishining hushini yo‘qotishga olib keluvchi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling