Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

214
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
narsa harom deb belgilangan. Baqara surasining 90-oyatida aytilganidek, «Ey 
iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar 
iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot top-
sangiz». Shunga binoan mast qilish xususiyati bo‘lgan har bir narsa, u qanday 
bo‘lmasin, uning hukmi ham harom bo‘ladi.
Xuddi shuningdek, juma namoziga azon aytilayotgan vaqtda savdo bilan 
shug‘ullanish mumkin emas. Bu to‘g‘rida Juma surasining 9-oyatida shun-
day deyiladi: «Ey, iymon keltirganlar, qachonki, Juma kuni namozga nido 
qilinsa, bas, Allohning zikriga shoshiling va savdoni qo‘ying. Ana shundoq 
qilmog‘ingiz, siz uchun yaxshidir, agar bilsangiz». Demak, azon aytilayotgan 
vaqtda ijara ishlari, yoki biror narsani garovga qo‘yish va boshqa manfaat 
keltiradigan ish bilan mashg‘ul bo‘lish ham man etiladi, sabab juma namozidan 
qolish xavfi bor.
Mazkur to‘rtta muhim manba bilan bir qatorda islom huquqida al-istihson 
(mujtahidning ochiq – ravshan qiyosdan maxfiy qiyosga o‘tishi), al-maslahatul 
mursala (qayddan xoli bo‘lgan, hech bir narsaga bog‘lanmagan maslahat), urf 
(kishilar o‘rganib, odatlanib qolganliklariga asosan qilib kelayotgan ishlari va 
so‘zlari) ham manba sifatida tan olinadi.


215
XI bob.
 Huquq
ijodkorligi
Huquq ijod etish davlatning yuridik nor-
malar yaratishga qaratilgan maxsus faoliyati-
dir. Davlat mazkur faoliyat orqali xalqning 
irodasini qonun darajasida ifoda etadi, ijti-
moiy boshqaruv va siyosiy rahbarlikni amalga oshiradi. Bu faoliyat natijasida 
jamiyat miqyosida amal qiluvchi bir butun va o‘zaro ichki aloqador bo‘lgan 
huquqiy normalar tizimi vujudga keltiriladi. Huquq normalarining yaratilishi, 
yuridik kuchi, shakli, quyidan yuqoriga bo‘ysunish munosabatlari davlatning 
huquq ijodkorlik funksiyasi bilan bevosita bog‘liq. Huquq ijodkorligi huquq 
yaratishning nisbatan kengroq bo‘lgan jarayon tarzidagi tarkibiy qismi hisob-
lanadi
1
.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling