Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Huquq ijodkorligining oshkoraligi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquq ijodkorligining oshkoraligi. Huquq ijodkorligi faoliyatining 
natijasi bo‘lmish normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolarning huquq va maj-
buriyatlari mustahkamlanadi. Shu sabab, normativ-huquqiy hujjat darhol o‘z 
ijrochilari e’tiboriga yetkazilishi zarur. Fuqarolar huquq normalari tomonidan 
o‘zlariga qo‘yilayotgan talablardan xabardor va hech bo‘lmasa, shunday bilim 
olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Quyidagi yuridik prezumpsiya barcha-
ga ayon: «qonunni bilmaslik hech kimni javobgarlikdan ozod qilmaydi»; «hech 
kim qonunni bilmasligini ro‘kach qilishi mumkin emas». Shunga ko‘ra, ya’ni ja-
vobgarlikka tortishga ma’naviy huquqqa ega bo‘lish uchun davlat fuqarolarning 
normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlab berishi lozim.
Normativ-huquqiy hujjatlarni oshkor qilishning asosiy vositasi ularni 
ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilishdir. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 84-moddasida juda muhim qoida mustahkamlangan: 
«Qabul qilingan qonunlarning va boshqa normativ hujjatlarning matbuotda 
e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir». Mazkur konstitutsiyaviy 
prinsip muhim demokratik mazmunga ega. Normativ-huquqiy hujjatni hayotga 
joriy etishdan avval u oshkora tarzda xalqqa yetkazilishi lozim. Huquqiy huj-
jatlar fuqarolardan sir tutilishi, yashirin amalda bo‘lishi mumkin emas.
Bu prinsipga xalqaro huquqda ham katta e’tibor beriladi. Yevropada 
xavfsizlik va hamkorlik Kengashi qatnashchilari bo‘lgan davlatlarning 1989-yil 
15-yanvardagi Vena uchrashuvi Yakuniy hujjatida shunday deyiladi: YeXHK 
qatnashchisi bo‘lgan davlatlar «shaxslarning o‘z huquq va burchlarini bilishga 
hamda ularga muvofiq harakat qilishga bo‘lgan huquqini samarali ta’minlash 
maqsadida inson huquqlari va asosiy erkinliklariga oid qonunlar, ma’muriy qoi-
da hamda tartibotlarni nashr etib, barchaga yetkazish majburiyatini oladilar».

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida / Rasmiy nashr. – T.: «Аdolat», 2017. – 4-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling