Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

223
XI bob.
 Huquq
ijodkorligi
Huquq ijodkorligining ilmiy asoslantirilganligi. Huquqiy normalar 
yaratish jarayoni zamonaviy huquq ilmi va amaliyoti yutuqlariga, huquqiy ta-
fakkur va mantiq qoidalariga qat’iy tayanmog‘i lozim. Har bir qonun, huquqiy 
norma ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish qonuniyatlarini chuqur anglash 
hamda ilmiy asoslantirish negizida yaratilishi kerak. Muayyan qonun yoki 
boshqa normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan oldin uni yaratish uchun 
qanday ehtiyoj borligini ilmiy jihatdan isbotlash maqsadga muvofiqdir. Buning 
uchun huquqiy tartibga solish mo‘ljallanayotgan ijtimoiy munosabatlar turi 
chuqur tahlil etilishi, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishlari amalga oshirilishi 
lozim.
Ilmiylik prinsipi haqida gap borganda, kamida ikki jihat nazarda tuti-
ladi. Birinchidan, huquq ijodkorligi puxta ilmiy strategiyaga tayanishi zarur. 
Bunday strategiya umumdavlat miqyosida shakllantiriladi. Uni, odatda, davlat 
yuqori hokimiyat organlari huzuridagi tegishli tadqiqotlar institutlari amalga 
oshiradi. Ikkinchidan, muayyan normativ-huquqiy hujjat matni ustida ish bor-
ganda, huquq normasini yaratish va ifodalashda (mazmunan va yuridik texnika 
nuqtayi nazaridan) ilmiy tavsiyalar inobatga olinishi lozim. Bundan ko‘zlangan 
maqsad – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda imkon qadar qo‘proq sa-
maraga erishishdir. O‘z faoliyatini ilmiy jihatdan ta’minlash uchun huquq ijod 
etuvchi organlar huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishchi guruhlar tarkibi-
ga yetakchi huquqshunos-olimlarni kiritadilar; loyiha yuzasidan xulosa olish 
uchun uni tegishli ilmiy muassasalarga yuboradilar.
So‘nggi paytlarda O‘zbekiston Respublikasi parlamenti faoliyatida qonun 
loyihalarini 
ilmiy ekspertiza qilishga e’tibor qaratilayotganligi tahsinga 
sazovor. Qonun loyihalarini ilmiy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazishga olim-
lar, amaliyotchi xodimlar va boshqa yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi. 
Loyihani ekspertizadan o‘tkazish natijalari yuzasidan ekspertlar tegishli xulosa 
taqdim etadilar.
Ilmiylik prinsipda qat’iy turiladigan bo‘lsa, huquq ijodkorligining sub-
yektlari bo‘lgan organlarning vakolatlari hokimiyatlar taqsimlanishi asosida 
tashkil etilishi lozim. Shu yo‘l bilan mazkur organlar faoliyatida parallelizm, 
takrorlash, nomuvofiqlik va boshqa organning vakolat doirasiga daxl qilish hol-
lari istisno etiladi.
Huquq ijodkorligiga ilmiy yondashish talabi ayniqsa bugungi kunda, ya’ni 
bozor munosabatlarini qaror toptirish, demokratik qadriyatlarni shakllantirish 
davrida inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlash, milliy, siyosiy, ijtimoiy-
ma’naviy munosabatlarni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun muhimdir. Bu mu-
nosabatlarni aniq huquqiy tartibga solishga erishish uchun huquq ijodkorligining 
ilmiy zaminini muttasil takomillashtirib borish lozim.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling