Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

224
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Huquq ijodkorligining eng yuqori da-
rajada tashkillashgan, uyushgan va takomil-
lashgan shakli qonun ijodkorligidir. Shu bois
uning tabiati va xususiyatlariga mufassalroq 
to‘xtalamiz. Qonun davlat hokimiyatining maxsus faoliyati mahsuli sifatida 
vujudga keladi. Davlat amrining oliy ifodasi bo‘lmish qonun, hokimiyatning 
alohida vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladigan murakkab jarayon 
natijasida yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil 
etish masalasi bo‘yicha 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum yakun-
lari va shu asosda «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil 
etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunning qabul 
qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini bel-
gilab berdi. 
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o‘z vakolat-
larini amalga oshirish jarayonida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati 
tizimini shakllantirish, qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish, 
umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat 
edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari 
vakillaridan tashkil topgan yuqori palata – Senatning hududlar manfaatlarini 
ifoda etishi, quyi – Qonunchilik palatasi esa, o‘z faoliyatini doimiy professional 
asosda amalga oshirishi hisobga olindi.
Parlamentning jamiyat hayotidagi rolini yanada kuchaytirish, uning qonun 
ijodkorligi sohasidagi faoliyatini sifat jihatidan tubdan yaxshilash masalalariga 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan 
Harakatlar strategiyasida alohida e’tibor qaratildi
1
. Qonun ijodkorligini izchil 
takomillashtirib borish jamiyatni modernizatsiya qilish sharoitida davlat qu-
rilishining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling