Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchi bosqich – qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi.
232
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Parlamentning har ikki palatasida ovoz berish tartibi ularning Regla- mentlarida belgilab qo‘yilgan. Unga asosan O‘zbekiston xalq deputatlarining (senatorlarining) kamida beshdan bir qismi talabiga muvofiq palatalarning majlisida elektron tarmoqdan foydalangan holda yoxud deputatlar(senatorlar)- ning nomlari yozilgan byulletenlarni topshirish yo‘li bilan nomma-nom ovoz berish o‘tkaziladi. Byulletenlarda «yoqlayman», «qarshiman» yoki «betarafman» degan so‘zlar bo‘ladi. Deputat yoki senator byulletendagi ana shu so‘zlardan birini qoldirib, qolganlarini o‘chirishi kerak. Ovozlarni hisoblab chiqish paytida yuqorida ko‘rsatilgan so‘zlarning bittadan ortig‘i qoldirilgan yoki har uchala so‘z o‘chirib tashlangan, yo bo‘lmasa ko‘zda tutilmagan qaror varianti yozib qo‘yilgan byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi. Qonunlar umumxalq ovoz berishi (referendum) orqali ham qabul qilinadi. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun o‘n kun ichida Senatga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Senatga qonun bilan birga qonun loyihasini Qonun- chilik palatasiga kiritish chog‘ida taqdim etilgan hujjatlar ham yuboriladi. To‘rtinchi bosqich – qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi. Qonunchilik palatasi to‘g‘risidagi qonunning 29-moddasida qabul qilingan qo- nun Senatga yuborilganidan so‘ng amalga oshiriladigan harakatlar belgilan- gan. Senat qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Senat rad etgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismi- dan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda Qonun- chilik palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash va e’lon qilish uchun yuboriladi. Mabodo, Senat quyi palata qabul qilgan qonunni ma’qullamay rad etsa, parlament palatalari o‘rtasida kelishuv komissiyasi tuziladi. Senat rad etgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputat- lari va Senat a’zolari orasidan teng asosda kelishuv komissiyasi tuzishi mumkin. Qonunchilik palatasida kelishuv komissiyasi tuzish to‘g‘risidagi tashab- bus Qonunchilik palatasining Spikeridan, shuningdek fraksiyalar va deputatlar guruhlaridan chiqishi mumkin. Kelishuv komissiyasi tarkibiga nomzodlar yuzasidan Qonunchilik palatasining Spikeri va Senat Raisi o‘zaro maslahat- lashib oladilar. Ushbu komissiyaning Qonunchilik palatasidan ko‘rsatilgan tarkibi uning majlisida tasdiqlanadi. Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik ovoz bilan komissiyaning hamraislarini saylaydilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling