Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
240
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Jamiyat huquqiy rivojlanishining davr talablariga mos va tegishlicha yuksak savi- yada bo‘lishi ko‘p jihatdan davlat hokimi- yati yuritadigan huquqiy siyosatga bog‘liq. Davlat hokimiyatining irodasi – siyosiy iroda. Ushbu iroda qonun ijodkorligi faoliyatiga impuls (turtki) beradi, natijada o‘zi shaklan – qonun, mazmunan – huquq tarzida rasmiylashadi, yuridik ma’no kasb etib, siyosiy-huquqiy hodisaga aylanadi. Ma’lumki, davlat belgilaydigan maqsad, bajaradigan vazifalar, amal- ga oshiradigan faoliyat siyosat sohasini tashkil etadi, boshqacha aytganda, ayni siyosatdir. Davlat faoliyati nihoyatda serqirra bo‘lganligi bois, u yurita- digan siyosat bir qancha turlarda, masalan, iqtisodiy siyosat, ijtimoiy siyosat, madaniy-ma’rifiy siyosat, huquqiy siyosat kabi shakllarda namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida adolatli demokratik davlatchilik qaror topayot- gan vaziyatda huquqiy siyosat mavzusini, bunday siyosatni shakllantirish va amalga oshirishning fundamental masalalarini ilmiy tadqiq etish o‘ta dolzarb vazifadir. Chunki, mamlakatda yuritilayotgan huquqiy siyosatning mazmun- mohiyatini chuqur anglab yetish huquqiy tizimni muvaffaqiyatli modernizatsiya qilish garovidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2015-yil 23-yanvardagi qo‘shma majlisida asosiy e’tibor qonun ijodkorligi va qonunchilik faoliyatining sifat-samaradorligini oshirishga qaratilgan edi. Unda qonun ijodkorligini amalga oshirishda yangi, zamonaviy faoliyat shakllarini joriy etish, qonunni qo‘llash amaliyotini muntazam o‘rganish, qonun loyihala- rini davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish asosida muhokama qilish, tegishli xorijiy huquqiy amaliyotni tahlil qilish, qonunlarda ularning normalarini amalga oshirish mexanizmlarini puxta ishlab chiqish, qo- nun ijodkorligida siyosiy partiyalar, ularning fraksiyalari va deputatlar faolligi hamda tashabbuskorligiga erishish, qonunlar ijrosi ustidan parlament nazora- tini yo‘lga qo‘yish, parlament palatalarining samarli hamkorligini ta’minlashga oid muhim vazifalar belgilandi 1 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev o‘zining 2017-yil 12-iyuldagi parlament palatalari qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida shunday dedi: «Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, amal- dagi qonunlarimizda bir-biriga zid o‘rinlar ham yo‘q emas» 2 . Davlat boshlig‘i yana bir chiqishida ta’kidladiki, «Afsuski, hozirgi kunda qonunlarning islohot- lar samarasiga ta’siri yetarlicha sezilmayapti. Ularning ijtimoiy munosabat- 1 Хalq so‘zi, 2015-yil 24-yanvar. 2 Mirziyoyev Sh. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak//Хalq so‘zi, 2017-yil 13-iyul. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling