Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Qonun ijodkorligi 
sohasidagi huquqiy 
siyosat
5-§.


241
XI bob.
 Huquq
ijodkorligi
larni bevosita tartibga solishdagi roli pastligicha qolmoqda»
1
. Ushbu fikrlar 
hozirgi kunda qonun ijodkorligini rivojlantirish borasidagi huquqiy siyosatning 
o‘zagini, uning istiqbolli dasturini tashkil etadi, deyish mumkin.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda huquqiy siyosat mavzusiga alohida ahami-
yat berilmoqda. Mazkur maqolada huquqiy siyosatning birgina jabhasi, ya’ni, 
uning qonun ijodkorligi vositasida shakllantirilishi, amalga oshirilishi, qolaver-
sa, qonun ijodkorligining ko‘lami, yo‘nalishi, mazmun-mohiyatini belgilovchi 
muhim omil ekanligiga e’tibor qaratiladi.
Davlat hokimiyatining huquqiy tizim ravon harakatlanishini ta’minlash, 
huquqiy hayotni tashkillashtirish bobida yuritadigan siyosati huquqiy siyosat 
deb ataladi. 
Huquqiy siyosat davlatning huquqiy mafkurasi, uning huquqiy 
hayot sohasida tutadigan yo‘l-yo‘rig‘i, ro‘yobga chiqaradigan amal va tadbir-
lari, qo‘llaniladigan rahbariy g‘oyalari (prinsiplari) ifodasidir
2
. Shu bilan birga 
aytish joizki, huquqiy siyosat yuridik faoliyatdagi qadriyatlar, ustuvorliklar 
tizimida, huquqiy hayot voqeliklarida, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlar mazmunida hamda rasmiy huquqiy mafkurada namoyon bo‘ladi. 
O‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, huquqiy siyosat jamiyat tuzilmalari va davlat 
organlarini quyidagi dolzarb vazifalarni hal etishga yo‘naltiradi: mamlakat 
miqyosidagi muhim ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish, huquq 
subyektlari (jumladan, fuqarolar)ning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatla-
rini muhofaza etish, yuridik hayotni ravon hamda izchil rivojlantirish, qonun-
chilikni davr talablariga mutanosib takomillashtirib borish, ijtimoiy-huquqiy 
ong va madaniyatni barqaror yuksaltirish, umuman, huquqiy tizimni yalpi 
modernizatsiya qilish kabilar.
Ilmiy adabiyotlarda huquqiy siyosatning irodaviy hodisa ekanligiga e’tibor 
qaratiladi: «huquqiy siyosat davlatning huquqiy hayot sohasidagi tizimli ras-
miylashtirilgan irodasi bo‘lib, u davlatning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy 
tartibga solish ... maqsadida yuridik vositalardan oqilona foydalanish bora-
sidagi muntazam faoliyatidir». Davlat hokimiyatining huquqiy siyosati, bir to-
mondan, qonunchilik tizimida moddiylashadi (buning boisi qonun, qonunchilik 
hujjatlari huquqni ifodalashning asosiy shakli ekanligida), ikkinchi tomondan, 
qonun ijodkorlik faoliyatiga tatbiqan differensiatsiyalashadi (tarmoqlanadi).
Professor S.V. Poleninaning ta’kidlashicha, huquqiy siyosat uning ta’rif va 
tavsiflari xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, avvalo, huquq ijodkorligi sohasidagi 
siyosat tarzida tasavvur etiladi
3
. Keltirilgan iqtibos biz ta’kidlagan huquqiy 
1
Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va хalq 
farovonligining garovi. – T., 2017. – 8-bet.

Qarang: Оdilqoriyev Х.T. O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. – T., 1995. – 34-bet.

Qarang: Российская правовая политика. – М., 2003. – 180-bet.
16–18-8



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling