Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Tarixiy ma’lumot. Qadimgi Sharq mamlakatlari huquqiy tizimida ibtidoiy
urug‘doshlik tuzumidan saqlanib qolgan odatlar, marosim qoidalari va an’analar aks etgan. Bu davrda huquq hali ma’lum tizimga, bir qolipga solinmaganligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, huquq tizimining hali tarmoqlarga bo‘linishi ham aytarli sezilmas edi. Bu davrning qoidalarida moddiy va protsessual norma- lar qorishib ketgan edi. Masalan, «...jazo tizimida jamoa bo‘yicha javobgarlik, bir kishining jinoyati uchun oila a’zolarining javobgarligi, jazo tayinlashda talion – «ko‘zga ko‘z, tishga tish» prinsipini, sud yuritish ishlarida ordaliya – sinab ko‘rish (hovuzda cho‘ktirib ko‘rish) mavjudligini ko‘rishimiz mumkin» 1 . Xuddi shunday qoida yaratilishi antik davlatlar davrida, ayniqsa, qul- dorlik paytida o‘ziga xos kechgan. Ularda tovar-pul munosabatlari birmuncha rivojlangan, huquqiy tizim sohalarga bo‘lingan (fuqarolik, oila, nikoh, jinoyat va boshq.). Ayniqsa, Rim huquqi ancha mukkamal tuzilganki, keyinchalik u ko‘pgina davlatlarning huquqiy tizimlari shakllanishiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Misol tariqasida, roman-german davlatlarining huquqiy tizimini (Germaniya, 1 Muqimov Z. Chet (xorijiy) mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. – T.: «Akademnashr», 2012. – 27-bet. 250 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Fransiya, Italiya, Ispaniya va h.k) olishimiz mumkin. Unda rim huquqining resepsiyasi sezilib turadi. Qadimgi davlatlarda hokimiyatni bir shaxs qo‘lida to‘planganligi, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud yakka shaxs ixtiyorida ekanligi, boshqaruv tuzumi monarxiyaga asoslanganligi yuridik tartib-qoidalar yaratilishida o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Tarixiy manbalarning guvohlik qilishicha, «Mil. av. XIII asrda qonunchilik taraqqiy topa boshlagan. Masalan, fir’avn Ramzes II ning armiyani mustahkamlash, nasab va mansab toifalarini belgilash haqidagi qonunchiligi, mil. av. VII asrda fir’avn Bakxorisning 8 kitobdan iborat qonunlar to‘plami» 1 kabilarni misol keltirish mumkin. Shuningdek, «Mil. av. uchinchi ming yillik oxirgi podsho Ur-Nammuning qonunlari, Isina hukmdori Lippid Ishtarning qonunlari, Esnunna hukmdori Bilalam qonunlari (mil. av. ikkinchi ming yillik boshlari), O‘rta Ossuriya qonunlari (mil. av. ikkinchi ming yillik o‘rtalari), Qadimgi Bobil hukmdori Xammurapi (1792–1750-yillar) qonunlari. Mazkur kodeks 282 moddadan iborat bo‘lib, shundan 35 tasi o‘chib ketgan (keyinchalik tiklangan) va bizgacha 282 ta modda yetib kelgan. Tarkibiy tuzilishi 3 qismga bo‘linadi: 1) Kirish; 2) Sud- noma (asosiy qism); 3) Xulosa hisoblanadi 2 . Ushbu manbalardagi huquq normalari, asosan davlat hokimiyatini kuchay- tirishga, qulchilik va mulkchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan. Albatta, qadimiy huquqiy manbalardagi huquq normalarining bayoni, mazmuni, tuzilishi bugungi tadqiqotchilar, mutaxassislar va talabalar uchun katta qiziqish uyg‘otadi. Shu bois yuqoridagi tarixiy yodgorlikdan ba’zi iqti- boslar keltiramiz. Xammurapi qonunlari shakli ham o‘sha davr uchun o‘ziga yarasha yangilik hisoblangan. Har bir modda tarkibiy tuzilish(struktura)ga ega ekanligi uni tushunish va omma ongiga sindirilishida muhim ijtimoiy vazifani o‘tagan. Xammurapi qonunlari normalari sodda ko‘rinishda bo‘lib, aksariyati dispozitsiya va sanksiyadan iborat bo‘lgan. Masalan, gipoteza «agar, agarda» degan so‘zlaridan boshlangan, hamda jinoyat yoki huquq buzilish holati (dis- pozitsiya) bayon etilgan, so‘ng sanksiya «unda» degan so‘zi bilan boshlanib, tegishli jazo belgilab qo‘yilgan. Jazoning muqobil ko‘rinishga ega bo‘lishi ham nazarda tutilgan. Misol uchun: « Agar inson sudda jinoyat to‘g‘risida guvohlik uchun chiqqan bo‘lsa va u aytgan so‘zlarini isbotlay olmasa va bu ish hayot to‘g‘risidagi ishiga taalluqli bo‘lsa, unda inson o‘ldirilishi kerak» (3-modda) 3 . 1 Muqimov Z. Chet (xorijiy) mamlakatlar davlati va huquqi tarixi / Z. Muqimov. – T.: «Akademnashr», 2012. – 30–34-betlar. 2 Хammurapi qonunlari(kodeksi)ning asl nusхasi hozirgi kunda Parij (Luvr) muzeyida saqlanmoqda. (Qadimiy huquqiy yodgorliklar: Хammurapi qonunlari. Doro I ning Behistun qoyalaridagi yozuvlari. Tarjima asar. / Mas’ul muharrir prof. Х.T. Оdilqoriyev. – T., 2015. – 3–9-betlar. 3 O‘sha yerda, 12-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling