Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

246
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
umumiy yurisdiksiya va xo‘jalik sudlarining oliy organlari qonunlarni qo‘llash 
amaliyotini tahlil etish asosida qonunchilik tashabbusi tartibida parlament 
e’tiboriga muntazzam ravishda tegishli takliflarni kiritadilar. O‘zbekistonda 
amalga oshirilayotgan sud-huquqiy islohotlarining konsepsiyasi, shuningdek 
jinoyat qonunchiligi va jinoiy jazo tayinlash tizimini liberallashtirish konsep-
siyasi ham ushbu demokratik o‘zgarishlarning huquqiy bazasini shakllashti-
rish borasidagi qonunchilik siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida e’tirof 
etilishi mumkin. Xususan, mazkur siyosatning qator ustuvorliklari «Sud-
lar to‘g‘risida»gi qonunda, Prezident farmonlarida, ayniqsa, «Sud qonunchi-
ligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini 
ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident 
qarorida (2008-yil 23-iyun) rasmiy tarzda mustahkamlandi
1
. Mazkur hujjatda 
sudlarga oid qonunchilik siyosatining quyidagi mantig‘i ifoda etilgan: mustaqil
xolis, demokratik sud hokimiyati va insonparvar sud tizimini vujudga keltirish 
pirovardida inson manfaatlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatli 
muhofaza etishga xizmat qiladi.
Shu o‘rinda huquqiy siyosatning alohida turi sifatida sud-huquqiy siyosati 
mavjudligini ham ta’kidlab o‘tish mumkin. Fikrimizcha, 
sud huquqiy siyosati – 
davlat hokimiyatining, tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslarning, 
shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatdagi odil sudlovni tash-
kil etish va amalga oshirishga oid huquqiy g‘oyalarni, prinsiplarni, sohani isloh 
etish mafkurasi hamda strategiyasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan maqsad-
li, ilmiy asoslangan, izchil va tizimli faoliyatidir. Uning mohiyati jamiyat va 
davlat manfaatlarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, odil 
sudlovni samarali tashkil etish va amalga oshirishga doir g‘oyalarni shakllan-
tirish hamda vazifalarni belgilash, dasturlarni ishlab chiqish va hayotga joriy 
etishdan iborat. 
Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» besh ustuvor yo‘nalishni 
belgiladi. Ular davlat qurilishi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyotni modernizatsi-
yalash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik va tashqi siyosat jabhalari-
da amalga oshiriladigan qonun ijodkorligining dasturulamali bo‘lib, tegishli 
huquqiy siyosatning o‘zagini tashkil etadi.
Jamiyatni modernizatsiyalash jarayonlari davom etayotgan hozirgi sha-
roitda davlatning qonun ijodkorlik faoliyatiga, umuman, qonunchilik siyosatining 
mazmuniga yanada yuqori yangi talablar qo‘yilishi tabiiy. Mazkur vaziyatda 

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2008-yil, 26–27-son, 248-modda.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling