Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
255
XII bob. Huquq normasi shakllantirilgan ijobiy xulq-atvorning namunaviy variantlari, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlar modeli shaklida ifodalanadi. Modelni ifodalash vositalari turli-tuman: tabiiy til vositasi, formulalar, konstruksiyalar, raqamlar va hoka- zolardir. Huquqiy norma faqat xulq-atvor emas, balki ijtimoiy munosabatlarning holati, ularning xususiyatlari, obyektiv va subyektiv tarkiblarini ham model- lashtiradi. Bunda u huquqiy holat va tushunchalar, huquqiy tartibga solish chegaralari, usullari, prinsiplari haqida, huquqqa muvofiqlik va huquqqa zidlik, huquqiylik va nohuquqiylik haqida axborot yetkazadi. Ijtimoiy munosabatlarning modeli sifatida normativ-huquqiy hujjatda mustahkamlangan yuridik normalar ijtimoiy voqealikning yaxlit manzarasini aks ettiradi. Shuning uchun ham har qanday mamlakat va davrning qonunchilik yodgorliklarini o‘rganish – shu davr davlati, jamiyati va hayoti, turmushi va huquqi haqida ancha ishonchli axborot beradi. Huquq normasi o‘zidagi mavjud axborot, shuningdek ijtimoiy munosabatlarni modellashtirishda alohida ahamiyat kasb etishi tufayli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish imkoniyatiga ega. U ijtimoiy munosabatlarni aks ettirganligi bois unga muayyan mazmun va ifodalanish shakli xos bo‘ladi. Uchinchidan, ijtimoiy jarayonlar, holatlar va aloqalarning takrorlanishi tufayli huquq normasi ularning tipikligini aks ettiradi hamda mustahkamlaydi. Odatda, tip jihatidan mansublik mavjud munosabatlarga xos bo‘ladi, lekin u yangidan shakllanayotgan, kelgusida takrorlanib turishi ehtimol tutilgan ijti- moiy aloqalarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Tipiklashtirish – murakkab tafakkur jarayoni bo‘lib, umumlashtirish, holatlarining muhim belgilarini aniqlash va ahamiyatsiz belgilarni bo‘rttirmaslikni nazarda tutadi. Huquqiy normaga nisbatan esa tipiklashtirish muayyan vaziyatlardagi huquqiy hodisa yoki inson xatti-harakatidagi muhim jihatlarni ajratib ko‘rsatishda ifodalanadi. Bu huquqiy holatlarda (shaxsning individual belgilaridan tortib, uning ayrim fe’l-atvorigacha) muayyanlikdan abstraksiyalashishga o‘tish jarayonidir. Shu tu- fayli «erkinlik qonunlarda alohida shaxs o‘zboshimchaligiga bog‘liq bo‘lmagan, nomuayyan, nazariy mavjudlik kasb etadi» 1 . Tipiklashtirish tufayli huquqiy tushuncha o‘ziga xos ma’lum belgilariga ega bo‘ladi, xulq-atvor qoidasi esa ijtimoiy munosabatlar bilan aloqani uzmagan holda o‘zining tartibga soluvchi ta’siri bilan cheksiz miqdordagi shaxslarni qamrab olish xususiyatiga ega. Shu ma’noda yuridik norma uchun mazmunining aniqligi va subyektlarining mavjudligi xosdir. Huquq normalari mazmunini tipiklashtirish shunga olib keladiki, bunda ular turli shaxslar uchun teng masshtab, me’yor sifatida namoyon bo‘ladi. Bu huquqning barqarorlik xususi- 1 Marks K., Engels F. Аsarlar. – M., 1984, T.1. – 63-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling