Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
252
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi labki tamal toshi sifatida, yoki bir jonli organizmning eng kichik, birlamchi hujayrasi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, mantiq nuqtayi nazaridan butun huquq mazmuniga xos bo‘lgan asosiy sifat va belgilar har bir alohida olingan huquq normasida namoyon bo‘ladi. Huquq normasi ifoda etadigan formal-yuridik belgilar quyidagilardan ibo- rat: a) huquq normasining bevosita davlat bilan aloqasi (bog‘liqligi), ya’ni, huquq normasi davlat tomonidan o‘rnatiladi yoki ma’qullanadi; u hokimiyat tepasida turgan siyosiy kuchlarning amri-irodasini ifodalaydi; b) huquq nor- masi davlat irodasini ifodalaydi (mujassamlashtiradi); v) huquq normasi umummajburiy bo‘lib, vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi mazmunga ega; g) huquq normasida ifodalangan qoida qat’iy rasmiy aniqligi bilan tavsiflanadi; d) huquq normasi uzoq muddat qo‘llanishga mo‘ljallangan; ye) huquqiy norma- lar o‘zaro mutanosib va iyerarxik bo‘ysunish tarzida mavjud bo‘ladi; j) huquq normasi davlat tomonidan muhofazalanadi; z) huquq normasining qoidasi buzilgan taqdirda davlat majburlovi qo‘llaniladi; i) normativ hujjatlar va boshqa huquq manbalarida ifoda (bayon) etiladi. Ayni paytda, huquq normasi yaxlit bir tizimning dastlabki bo‘lagi sifatida o‘ziga xos jihatlarga ham ega bo‘ladi. Huquq normasining mohiyatini teran anglash uchun uning lug‘aviy il- diziga, etimologiyasiga e’tibor qaratish lozim. «Norma» (lotincha) so‘zi «qoida», «aniq ko‘rsatma», «namuna», «o‘lchov» ma’nolarini anglatadi. Darhaqiqat, har bir norma o‘zida biron-bir xatti-harakat, xulq-atvor qoidasini, muayyan yurish- turish modelini ifodalaydi, Masalan, O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasi- ning 44-moddasiga binoan, «Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmala- rining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi ka- folatlanadi». Bu huquqiy normada fuqarolarning muhim konstitutsiyaviy huquqi bo‘lmish sudga himoya so‘rab murojaat qilishga oid qoida mustahkamlagan. Huquq normasida jamiyatning, xalqning, ular hayotining moddiy shart-sharoitlari bilan belgilanadigan erki, irodasi, manfaatlari ifodalanadi. Huquq normasi shaxslarning bir-biri bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarida qanday xatti-harakat modeliga, namunasiga rioya etishlari lozimligini, ya’ni qaysi harakatlarni sodir etish mumkin yoki qanday xatti-harakatlarni sodir etmaslik kerakligini ko‘rsatadi. Shu ma’noda huquq normasi insonlar xulq- atvorining huquqiy mezoni sifatida maydonga chiqadi. Uning tartibga soluvchi vosita sifatidagi ahamiyati shundaki, muayyan huquq subyekti (xususan shaxs, organ, muassasa) o‘z harakatida huquq normasida mustahkamlangan qoidaga rioya etadi yoki boshqa huquq subyektidan huquq normasida belgilangan te- gishli xatti-harakatni sodir etishni talab qiladi. Basharti, belgilangan huquqiy qoida bajarilmasa, huquqbuzarga nisbatan davlat ta’sir chorasi qo‘llaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling