Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

260
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
so‘zi «blank» iborasi asosida vujudga kelgan bo‘lib, asl ma’nosi blank tarzidagi 
norma mazmunini boshqa huquqiy qoida vositasida to‘ldirish lozimligini 
anglatadi. Yuqorida keltirilganidek, «texnika xavfsizligi qoidalarini buzganlik» 
ka doir javobgarlikni belgilash uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida 
tasdiqlangan «Texnika xavfsizligi qoidalari» degan hujjatni olib, uning qaysi 
qoidasi kodeks normasiga qay darajada muvofiq kelishini aniqlab, ya’ni shu 
qoida mazmuni bilan Jinoyat kodeksining blanket normasi to‘ldirilishi kerak 
bo‘ladi. Undan so‘ng aybning hajmi va jazoning miqdori hal etilishi mumkin. 
Havola etuvchi dispozitsiya deganda, huquqbuzarlik belgilariga ega 
bo‘lmagan, balki o‘sha qonunning boshqa normasiga (masalan, JKning 110-m. 
«Qiynash») yoki boshqa huquqiy hujjatga murojaat etishni nazarda tutuvchi 
dispozitsiya havola etuvchi dispozitsiya sifatida tushuniladi. 
Sanksiya – yuridik normaning uchinchi tarkibiy elementi bo‘lib, u 
huquqiy norma buzilgan yoki majburiyat bajarilmagan yoxud talab etil-
gan xatti-harakat sodir etilmagan holda huquqni buzgan shaxsga nisbatan 
qo‘llaniladigan davlat ta’sir chorasidir. Sanksiyaning bunday ta’rifini, odatda, 
yuridik fan, davlat va huquq nazariyasi beradi. Faylasuflar, shuningdek, sotsiologlar 
sanksiya deganda, faqatgina salbiy (tanbeh, jazo) oqibatlarnigina emas, balki 
ijobiy (rag‘batlantirish, quvvatlash) oqibatlarni (shuningdek, insonning ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan xulq-atvoridan kelib chiqadigan ijobiy oqibatlarni) ham 
tushunadilar.
Sanksiya huquq normasining bir qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada 
ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin bo‘lgan jazo yoki 
tavsiya etilgan harakatni sodir etganlik uchun rag‘batlantirishning turi va 
o‘lchovi ifodalangan bo‘ladi. Sanksiya – yuridik normaning mantiqiy yakunlov-
chi qismidir. Unda jamiyat, davlat, shaxsning huquqiy normani buzuvchilarga 
nisbatan salbiy munosabati ifodalanadi. 
Huquqiy norma sanksiyasi – umumlashma tushuncha. Huquqbuzar uchun 
bo‘ladigan noxush oqibatlarning tabiatiga bog‘liq ravishda u qo‘yidagilarni 
nazarda tutishi mumkin:
a) javobgarlik choralari (ozodlikdan mahrum qilish, jarima, moddiy zararni 
undirish); bu turdagi sanksiyalar javobgarlikka tortuvchi yoxud jazovlovchi 
sanksiyalar deb ataladi;
b) ogohlantirish ta’sir choralari (ushlab keltirish, mulkini hisobga olish, 
jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlash, davlat hokimiyatining akti yoxud 
ma’muriy aktlarni bekor qilish, majburiy davolash, o‘zboshimchalik bilan qurilgan 
binolarni buzib tashlash va hokazo);
v) muhofaza choralari (ishchi va xizmatchilarni agar ular ilgari qonunsiz 
ishdan bo‘shatilgan bo‘lsalar, avvalgi ish joyiga qayta tiklash, aliment undirish 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling