Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

261
XII bob.
 Huquq 
normasi
va hokazo), ko‘rsatilgan choralarni tayinlash, ya’ni shaxsga yetkazilgan zararni 
bartaraf etish va uning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan xatti-hara-
katlar (bu choralar javobgarlik choralaridan farq qilib, huquqbuzar tomonidan 
unga tegishli bo‘lgan va ilgari ijro qilinmagan majburiyatlarning bajarilishini 
nazarda tutadi);
g) subyektga nisbatan uning o‘z xulq-atvori oqibatida kelib chiqadigan 
noxush oqibatlar (kasalxona rejimini buzish natijasida bemorning vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini yo‘qotishi yoxud bu hol uzrli sababsiz yuz 
berishi va hokazo).
Huquqiy normalarning sanksiyalarini huquqbuzar uchun noxush bo‘lgan 
oqibatlarning hajmi va miqdoridan kelib chiqib tasniflash maqsadga muvofiqdir
bunda sanksiyalar uch guruhga ajratiladi:
1) 
mutlaq aniq sanksiyalar, ularda noxush oqibatlarning miqdori aniq 
ko‘rsatilgan (xodimni xizmat burchini bajarishdan ozod etish, ishdan bo‘shatish, 
jarimaning aniq miqdori va hokazo) bo‘ladi; 
2) 
nisbiy aniq sanksiyalar, bularda noxush oqibatlar chegarasining eng 
ozidan eng ko‘pigacha yoxud faqat eng ko‘pigacha ko‘rsatiladi. Avvalo, bular 
Jinoyat kodeksining «falon yildan ... falon yilgacha ozodlikdan mahrum qilish 
bilan jazolanadi» yoki «... yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan 
jazolanadi» shaklidagi sanksiyalaridir;
3) 
alternativ sanksiyalar, ularda «yoki», «yoxud» birlashtiruvchi-ayiruv-
chi bog‘lovchilar orqali bir necha noxush oqibatlar (jazolar) ko‘rsatilib, sanab 
o‘tiladi va huquqni qo‘llovchi subyekt ulardan faqat bittasini – hal etilayotgan 
holat uchun eng maqsadga muvofiq bo‘ladiganini tanlaydi. Bunday sanksiya 
quyidagicha ifodalanishi mumkin: «... yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki 
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi».
Shunday qilib, huquq normasining tarkibiy qismlari quyidagilarni 
o‘rnatadi:
Gipoteza – dispozitsiyada ko‘rsatilgan qoidaning kim va qachon, qaysi 
sharoitda bajarishi lozimligini ko‘rsatadi; dispozitsiya esa – bajarilishi lozim 
bo‘lgan qoida nimadan iboratligini ko‘rsatadi, u huquqiy munosabat ishtirokchi-
larining subyektiv huquqlari va majburiyatlarining mazmunini aks ettiradi; 
sanksiya esa, huquq normasi talabini bajarmaslik oqibatlarini ko‘rsatadi.
Ta’kidlash joizki, huquqiy normalarning hammasida ham uning 
uch elementi birgalikda kelavermaydi. Aksariyat konstitutsiyaviy normalar 
gipoteza va dispozitsiyadangina iborat. Konstitutsiyaviy normalarning sank-
siyasi boshqa qonunchilik hujjatlarida, tegishli kodekslarda mustahkamlangan 
bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida 
«Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling