Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

umumiy amal qiluvchi, 
mahalliy miqyosda amal qiluvchi va lokal normalarga bo‘linadi. Bunda 
birinchisi butun mamlakat hududida amal qilsa (masalan, Konstitutsiya norma-
lari), ikkinchisi – ma’lum hududlarda amal qilishi mumkin, masalan, ekologik 
talafot hududlarida, baland tog‘li sharoitda, cho‘l zonasida, radiaktiv xavf 
mavjud zonalarda, uchinchisi – muayyan soha vakillarining faoliyatini huquqiy 
tartibga soluvchi normalar (masalan, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar vazirligi 
tizimi bilan bog‘liq) va hokazo.
Huquq normalari subyektlariga qarab, 
umumiy va maxsus normalarga 
bo‘linadi, bunda birinchisi hamma huquq subyektlari uchun taalluqqli bo‘lsa, 
ikkinchisi esa, aholining muayyan guruhi uchun, yoki aniq belgilangan doi-
radagi subyektlar, jumladan pensionerlar, nogironlar, soliq idorasi xodimlariga 


268
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
taalluqli bo‘ladi. Umumiy va maxsus huquq normalari bir-biridan umumiylik 
darajasi va harakat doirasi bilan farq qiladi. Umumiy normalar, odatda, u yoki 
bu huquq sohasining barcha huquqiy institutlarini (jinoyat huquqining shartli 
hukm qilish haqidagi, hukm ijrosini kechiktirish, fuqarolik huquqining da’vo 
muddati, shartnomalar haqidagi institutlari va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Bu 
normalar huquq sohasining umumiy qismiga jamlanadi va tarmoq obyektlarini 
tartibga soladi. Ulardan farq qilib maxsus normalar u yoki bu huquq sohasi 
manbalarining institutlariga tegishli bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning xususi-
yatlarini hisobga olgan holda ularning ma’lum bir turini tartibga soladi. Max-
sus normalar umumiy ko‘rsatmalarni batafsil holga keltiradi, ularni amalda 
tatbiq etishning zamon va makondagi shartlarini muayyanlashtiradi, shaxs-
ning xulq-atvoriga huquqiy ta’sir etishga qaratilgan bo‘ladi. Shu tufayli, ular 
huquqning umumiy normalari beto‘xtov va izchil tatbiq etilishini ta’minlaydi. 
Maxsus normalar yig‘indisi u yoki bu huquqiy sohaning maxsus qismini tash-
kil etadi.
Maxsus normalarga quyidagilar misol bo‘ladi: oldi-sotdi, hadya, pudrat, 
kapital qurilish va fuqorolik huquqining boshqa bitimlari haqidagi normalar; 
jinoyat huquqida – bezorilik, bosqinchilik, o‘g‘rilik va hokazo jinoyat tarkiblari 
uchun belgilangan javobgarlik haqidagi normalar.
Huquqiy tartibga solish uslubiga qarab, huquq normalarini 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling