265
XII bob.
Huquq
normasi
Ta’sis etuvchi normalar jamiyat ijtimoiy-siyosiy tuzumining asosini,
inson huquq va erkinliklarini, siyosiy va huquqiy tizimning asosini mustah-
kamlaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra,
«O‘zbekiston – suveren demokratik respublika, davlatning «O‘zbekiston»,
«O‘zbekiston Respublikasi» degan nomlari bir ma’noni anglatadi. Bunda qo-
nunning matnida davlatning nomlanishi ta’sis etilgan.
Tartibga soluvchi normalar ijtimoiy munosabat ishtirokchilari
o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Uning asosiy xususiyati
shundaki, u ijozat beruvchi va majburlovchi xususiyatga ega, shunga mu-
vofiq, u ijtimoiy munosabatlarning ishtirokchilari uchun davlat tomonidan
qo‘riqlanadigan va kafolatlanadigan o‘zaro subyektiv huquqlar hamda yuridik
majburiyatlar o‘rnatadi. U yoki bu ijtimoiy munosabatni huquqiy norma qoi-
dalari orqali maqsadli tartibga solish natijasida bu munosabat huquqiy xarakter
kasb etadi, uning ishtirokchilari esa, mazkur huquqiy munosabatning subyekt-
lariga aylanadilar.
Qo‘riqlovchi normalar huquq normalari tizimida o‘ziga xos ahamiyatga
ega bo‘lib, asosan jamoat tartibini saqlash funksiyasini bajarishga qaratiladi va
ular jamiyatda o‘rnatilgan talablar buzilgan taqdirda yuzaga keladi. Masalan,
Jinoyat kodeksining 97–103-moddalarida ifodalangan huquqiy normalar inson-
larning hayotidan mahrum etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy xavfli qilmishlarni
jazo qo‘llash tahdidi ostida jinoyat deb topadi, taqiqlaydi va tegishli javobgarlik
choralarini ko‘zda tutadi. Shu asosda Konstitutsiyamizning 13-moddasida oliy
qadriyat sifatida tan olingan inson hayoti va sog‘lig‘ini qo‘riqlaydi, muhofaza
etadi.
Deklarativ normalar axborot berish, bayonot berish vazifasini bajaradi
va qoidaga ko‘ra, ushbu normalar dasturiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur toi-
fadagi normalar ijtimoiy munosabat ishtirokchilariga muayyan huquqlar berish
yoki majburiyatlar yuklashdan cheklangan holda, faqatgina ma’lumot berish
bilan kifoyalanadi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |