264
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Ba’zi huquq normalari ham vakolat beruvchi,
ham majburiyat yuklovchi
yoki man etuvchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, Jinoyat-protses-
sual kodeksining 15-moddasi mazmuniga muvofiq, sud,
prokuratura, tergovchi
va surishtiruvchi jinoyat alomatlari hamda asoslari mavjud bo‘lgan taqdirda o‘z
vakolat(jinoyat ishini qo‘zg‘atishga bo‘lgan huquq)lari doirasida jinoyat ishini
qo‘zg‘atishlari shart
1
.
Ushbu huquq normasi, bir tomondan, sanab o‘tilgan sub-
yektlarga jinoyat ishini qo‘zg‘atishga vakolat bermoqda va ayni paytda,
jinoyat
ishini qo‘zg‘atishni ularga muqarrar ravishda majburiyat tarzida yuklamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: