Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Rag‘batlantiruvchi normalar
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiya etuvchi normalar
Rag‘batlantiruvchi normalar – huquqiy munosabatlar subyektlari
davlat va jamiyat manfaatiga foyda keltiradigan xatti-harakat variantlari uchun rag‘bat, imtiyoz belgilovchi normalar. Bunda o‘zining yuridik va ijtimoiy bur- chiga vijdonan, sidqidildan yondashgan va yaxshi natijalarga erishgan shaxs- lar uchun rag‘batlantirish choralari belgilanadi. Rag‘batlantiruvchi normalar kishilarni yuqori samara bilan mehnat qilish, ijodiy va ijtimoiy faollikka un- dovchi qoidalardir (masalan, Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi qonun, ilg‘orlarni taqdirlash qoidalari va hokazo). Tavsiya etuvchi normalar – xatti-harakat va xulq-atvorning eng maqsadga muvofiq, davlat nuqtayi nazaridan e’tiborli bo‘lgan variantini belgi- laydi. Tavsiya etuvchi normalar, odatda, nodavlat jamoat tashkilotlari, hissador- lik jamiyatlari, davlat korxonalari va ilmiy muassasalarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanib borgani sayin davlat xo‘jalik va hissadorlik uyushmalarining ishlariga kamroq aralashib, ularga beradigan huquqiy tavsiyalarining salmog‘i ham kamayib boradi. Avval imperativ xususiyatga ega bo‘lgan ko‘plab normalar tobora tavsiyaviy mazmun kasb etadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qaror. Unda hukumat shu sohadagi munosabatlarning davlat nuqtayi nazaridan maqbul variantlarda tashkil etilishidan manfaatdor subyekt sifatida shirkat xo‘jaligining namunaviy ustavi, shirkat xo‘jaligi to- monidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olishning namunaviy shartno- masi kabilarni tegishli shaxslar uchun tavsiya sifatida ilova qilib o‘tgan. Bulardan tashqari, huquq normalarini boshqa qator mezonlar asosida tasniflash mumkin. Bunda, eng avvalo, huquq normalari huquq tarmoqlari bo‘yicha bo‘linadi va bunday guruhlash huquq normalarini bir tizimga keltirish va zarur hollarda kodifikatsiya qilish uchun muhimdir. Huquqiy tizimdagi o‘rni va ahamiyati bo‘yicha huquq normalarini ta’sis etuvchi, qo‘riqlovchi, deklarativ, definitiv, kollizion va ta’minlovchi normalarga bo‘lish mumkin. 1 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi / Rasmiy nashr. Toshkent «Аdolat». 2015-y. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling