Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy mafkura
278
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi ta’sirida, shu murakkab ijtimoiy hodisaning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ku- chi va tartibga soluvchi ta’sirining mohiyati namoyon bo‘ladi. Huquqiy ong ijti- moiy ongning shunday sohasiki, u tushuncha, taassurot, baholash, fikr yuritish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi huquqiy me’yorlarni shakllantirish bilan birga huquqiy tizimning xilma-xil qismlari (sudya, hakamlar ishi, jazo berish tizimi, ichki ishlar organlari xizmati, notarial idoralar, prokuratura va boshqa ko‘p sohalar) borasida tushunchalarni yuzaga keltiradi. Shu tarzda odamlar xulq-atvori tamoyiliga singib ketadigan, xilma-xil huquqiy hodisalarga jamiyat a’zolarining munosabati, huquq to‘g‘risidagi tushunchasi, huquqiy bilimi – yuqorida zikr etilgan tarzda shakllanadi. Nazariy talqin jihatidan huquqiy ong ikki qismga: huquqiy mafkura va huquqiy ruhi- yatga ajratiladi. Bu kategoriyalarning har qaysisida huquqiy hodisalar o‘ziga xos aksini topadi. Masalan, ulardan birida huquqiy hodisalar ilmiy tushunib yetilgan mafkura ko‘rinishida aks etsa, ikkinchisida – huquqiy hodisaning tarkibiy qismlari, xilma-xil his qilish, kayfiyat va holatlar shaklida namoyon bo‘ladi. Ayni vaqtda, huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatlarning o‘ziga xosligi ulardagi mavjud umumiylik va o‘zaro ta’sirni mutlaqo inkor etmaydi. Chun- ki, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langandir. Ularning biri ikkinchisini to‘ldiradi, biri ikkinchisidan kelib chiqadi, shu tariqa huquqiy voqelik to‘g‘risida ilmiy asoslangan, hissiy tushunib yetilgan tushuncha hosil qilinadi. Huquqiy ong ruhiy jihatining boyligi, uning odamlar xulq-atvoriga, ularning huquqqa munosabatiga ta’siri unga muayyan kuch bag‘ishlaydi. Huquqiy mafkura – har xil huquqiy hodisalar haqidagi nuqtayi nazar, nazariy tushuncha, g‘oya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimidan iborat. Huquqiy ongning huquqiy mafkura qismida aks etgan huquqiy hodisa- lar huquqqa bag‘ishlangan maxsus nazariy izlanishlarda o‘z rivojini topib, il- miy darajada anglab yetiladi. Bunday ilmiy manbalarning mazmuni odamlar ma’naviy mulkiga aylanib, ularning ongiga aniq huquqiy bilimlarni, mulohaza- larni, e’tiqod va kayfiyatni olib kiradi. Insonning ongidagi huquqni anglash jarayoni, yuqorida zikr etganimizdek yoki shunga yaqinroq tarzda kechadi. Inson huquqiy ongi orqali huquqni anglash bilan uni qo‘llash jarayonida, sud ishlarida, qonuniylik va qonun to‘g‘risida axborot olinadi. Shunday axborot asosida huquqiy madaniyat darajasi yuksaladi, insonning huquqiy bilimi rivojlanadi va teranlashadi. Insonning huquqiy fe’l-atvori qandayligi, pirovardida, uning huquqiy madaniyati darajasiga, huquqiy bilimining kengligi va teranli- giga bog‘liqdir. Huquqiy mafkura – shaxsning huquqiy ongini ilmiy asosda shakllantira borib, huquqqa, insonning unga bo‘lgan munosabatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling