Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
281
XIII bob. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish natijasida shakllanadi, so‘ngra huquqiy amali- yot jarayonida sayqallanadi. Huquqshunos-olimlar huquqiy ong funksiyalari masalasini ham tahlil etadilar va huquqiy ongning axborot olish, baholash va tartibga solish funksi- yalarini ko‘rsatadilar. Axborot olish funksiyasi jamiyat barcha a’zolarining turli shakldagi huquqiy bilimlarga ega bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Huquqiy ongning axborot olish funksiyasi ketma-ket paydo bo‘luvchi ruhiy hodisalardan tuzilgan: birin- chidan, u asosan sezish, eshitish va ko‘rishdan vujudga keladi; ikkinchidan, qabul qilish, xotira, esda saqlash, xotiradagilarni qayta tiklash, tanish ja- rayonlari vositasida huquqqa oid bilimlarni to‘playdi va ularni har hil huquqiy tasavvurlar shaklida ifoda etadi; uchinchidan, tafakkur oliy darajadagi bilish jarayoni hisoblanib, huquqiy g‘oyalar, tushuncha va e’tiqodlar uning mah- sulidir. Baholash funksiyasi huquqiy ongning o‘sishi natijasida insonlarning huquqiy va huquqqa zid bo‘lgan ko‘rinishlarni bir-biridan ajrata olishishga erishishiga xizmat qiladi. Tartibga solish funksiyasi esa, shaxslarning yuqori darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishi, ularni huquqqa asoslangan holda harakat qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda huquqiy ongning gnoseologik, boshqa- ruv va huquqiy shakllantirish funksiyalari alohida shaklda ajratib ko‘rsatiladi. Gnoseologik funksiya obyektiv borliqdagi mavjud huquqiy holatlarni bilishni tavsif etadi. Boshqaruv – o‘z fe’l-atvorini huquq talablari bilan qiyos- lash vositasida o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishdir. Huquqiy ongning o‘zini boshqarish funksiyasi inson orzu-intilishlarini oqilona ro‘yobga chiqarish huquqiy ongning amaliy tomoni hisoblanib, u iroda orqali amalga oshiriladi. U huquqiy bilimlarni aniqlash, ichki tuyg‘ular bilan mavjud huquqiy e’tiqodlar, mavjud obyektiv borliq, jamiyatda amal qilayotgan huquqiy normalarni muvofiqlashtirish, maqsadni aniqlash, qaror qabul qilish va qarorni ijro etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Huquqiy ong qabul qilayotgan huquqiy axborotni «qayta ishlash» va o‘zlashtirishda inson fe’l-atvorini boshqa- ruvchi murakkab mexanizmlar muhim o‘rin egallaydi, u manfaatni anglash, maqsadni aniqlash, asoslar tizimi va istagini namoyon etish kabi holatlarni o‘z ichiga oladi. Huquqiy ongning tashkil etish, uyushtirish funksiyasi – huquq sub- yektlari xulqi, xatti-harakatlarini shakllantirish, uyushtirish, tashkil etishdan iborat bo‘lib, u ijtimoiy hayot va taraqqiyot uchun juda muhim hisoblanadi. Shu ma’noda huquqning yaratuvchanlik, bunyodkorlik salohiyati xususida gapirish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling