Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

279
XIII bob.
 Huquqiy ong
va huquqiy madaniyat
Huquqiy ruhiyat – ong doirasidagi huquqiy hodisalar bilan bog‘liq hol-
da, ongda yuzaga keladigan va unga singib ketgan his-tuyg‘u, kechinmalar so-
hasini ifodalaydi. Huquqiy ruhiyat – huquqiy hodisalarni hissiyot bilan tiklash 
sohasidir. Inson hissiz, o‘ylamay o‘z-o‘zidan fikr yuritadigan qurilma emas
balki u fikr yuritish bilan birga sezadigan tirik zotdir. Shuning uchun, inson 
ijtimoiy hodisalarni, shu jumladan, huquqiy hodisalarni ham nafaqat aql, balki 
sezgi bilan ham anglab yetadi. Huquqiy hodisalarni tushunib yetish jarayoni in-
sonning ishtirokisiz rivojlana olmaydi, shu sababli unda tabiiy tarzda g‘oyaviy 
va hissiy jarayonlar qo‘shilib ketadi. 
Masalan, loyihalashtirilayotgan qonunning mazmuni bilan shunchaki 
tanishib chiqish, shaxsda har xil hayajonlanishni (shodlanish va qanoatla-
nish, anglashilmovchilik va achinish, e’tirof etish va hafa bo‘lish kayfiyati-
ni) keltirib chiqaradi yoki uning to‘lqinlanishiga olib keladi. Inson o‘zining 
ruhiy holatiga ko‘ra huquqni mensimaslik, noqonuniylik, zulm va inson 
erkini kamsitish bilan bog‘liq salbiy huquqiy voqeliklarga befarq, loqayd 
qaray olmaydi. Uning huquqiy kechinmalari va kayfiyati qahr-g‘azab va 
norozilik ko‘rinishlarida namoyon bo‘lib, ijtimoiy-huquqiy hayotning salbiy 
hodisalariga tanqidiy qarash uchun ruhiy asosni vujudga keltirib, inson-
parvarlik g‘oyalari negizida insonda qayta yaratish, bunyodkorlikka intilish 
hissini keltirib chiqaradi.
Har qanday bilimning huquqiy ong doirasida shakllanishi idrok etish ja-
rayonini teranlashtira borib, ular aks ettirgan hodisalarni o‘zlashtirishda hissiy 
tus oladi. Huquqni takomillashtirishda insonning xuddi shu hissiyoti (buni 
eslatib o‘tish joiz) oldingi o‘rinlardan birida turadi. Huquqiy ong sohasida ke-
chadigan fikrlash jarayoni odamlar talabi va manfaatini ifoda etuvchi inson 
hissiyoti bilan yo‘g‘rilgan yoki shu hissiyotdan tuzilgan. Huquqiy ong soha-
sida vujudga keladigan huquqiy g‘oyalar, tushunchalar va taassurotlar, aql 
va sezgining shunday noaniq chalkashib ketishi oqibatida, inson fe’l-atvorini 
tartibga solishda jiddiy ta’sirchan kuchga ega bo‘ladi. Shuning uchun, huquqiy 
ongni o‘rganishga katta ahamiyat beriladi.
Huquqiy ongning strukturasini tahlil qilish, bir tomondan, huquqiy 
mafkura va huquqiy ruhiyat kabi uning tabiiy tarkibiy qismlarining o‘zaro 
ta’siri tabiati va o‘zaro nisbatini ochadi, boshqa tomondan, ijtimoiy hayotda 
bugun hodisa sifatida uning vazifasini ochib berishga yordamlashadi.
Huquqiy fan huquqiy ong sohasini 
ijtimoiy va shaxsiy (individual) turlar-
ga ajratadi. Ammo bu chegaralash, ular o‘rtasidagi o‘zaro dialektik bog‘liqlikni 
mutlaqo inkor etmaydi. Huquqiy ong har bir turining nisbatan mustaqilligini 
tan olgan holda, ularga xos xususiyatlarni ochadigan huquqning umumiy 
nazariyasi ularning har ikkisi ham jamiyat mahsuli bo‘lganligi uchun ular 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling