Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

280
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
birligini yagona ijtimoiy hodisa sifatida tan olishdan kelib chiqadi. Ijtimoiy ong 
huquqiy ongning yanada yuqoriroq darajasi hisoblanadi, chunki unda huquqiy 
voqelikka xos bo‘lgan barcha xususiyatlar mujassam. Uning mazmuni huquqni 
bilish va hayotga tatbiq qilishda inson tafakkurining ijodiy yutuqlari va ijti-
moiy-huquqiy amaliyoti bilan sug‘orilgan.
Individual huquqiy ongga kelsak, u o‘z mazmuniga ko‘ra katta hajmli va 
keng emas. Bundan tashqari, u huquqiy tafakkur tarixida to‘plangani uchun, 
huquqiy bilimlar yig‘indisini qamray olmaydi. Shaxsiy huquqiy ong bilish im-
koniyatlari jihatidan bir qadar cheklangan. Hammaga ma’lumki, har bir inson-
ning hayoti alohidadir. Bir shaxsda huquqiy bilim olish imkoniyati katta bo‘lsa, 
boshqasida kamroq. Shuning oqibatida, shaxsiy huquqiy ong har xil rivojlanish 
darajasiga ega. Huquqiy ong ma’lum darajada jamiyat a’zolarining huquqiy ax-
borotlashuviga ham bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, fuqarolarning huquqiy madaniyat 
darajasini ko‘tarishga ko‘mak beradigan huquqiy axborot tizimini tashkil qilish 
masalasi alohida amaliy ahamiyat kasb etadi. Huquqiy madaniyat darajasiga 
qarab, 
huquqiy ong turlari uchga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy. Oddiy 
huquqiy ong, odatda, o‘z-o‘zidan vujudga keladi va insonning shaxsiy tajribasi 
va huquqiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy vaziyatlar haqidagi tushun-
chasi bilan belgilanadi. Bunga uning ishga joylashuv payti yoki oliy o‘quv yur-
tiga kirish qoidalari yoxud yo‘l qoidasini buzgani uchun javobgarligi haqidagi 
bilimlar misol bo‘la oladi.
Insonlardagi shaxsiy huquqiy tajriba, kundalik hayot doirasida kechib, 
nisbatan tor bo‘lganligi sababli huquqiy ong juda chegaralangandir. Huquqiy 
ong bizni o‘rab turgan borliq haqidagi oddiy tushunchalar chegarasida muttasil 
qola olmaydi va doimo rivojlana borib, tabiiy ijtimoiy qonuniyatlar darajasiga 
chiqadi, shu bilan nazariy, ilmiy tushunchaga aylanadi.
Ilmiy huquqiy ong ijtimoiy-huquqiy haqiqatni u yoki bu darajada to‘g‘ri 
aks ettiruvchi bilimlar tizimini o‘z ichiga oladi. Ilmiy huquqiy ong huquqni ijod 
qilish faoliyatining birinchi darajali manbayi bo‘lgani uchun huquqiy amaliyotni 
takomillashtiradi. Unda huquqiy nazariya va huquqiy g‘oyalar, tasavvurlar va 
tushunchalar tizimi bilan bir qatorda, huquqshunoslarning kasbiy huquqiy ongi 
ham ajratiladi.
Huquqshunoslar huquqiy ong jihatidan qonunga bo‘ysunuvchi fuqaro-
larning huquqiy mulohazalaridan o‘zlarining huquqiy me’yor va nuqtayi nazar-
lari, bilimining teranligi hamda katta hajmi va eng muhimi, huquq qoidalari va 
me’yorlarini qo‘llashni bilishlari bilan farq qiladilar. Huquqshunoslar huquqqa, 
shuningdek uning amalda qo‘llanilishiga kasbiy malaka bilan yondashadilar. 
Bu qonunchilik bilan yuqori darajada mos kelish, huquqni qo‘llash foydaliligi va 
uni chuqur tushunish zarurligini nazarda tutadi. Kasbiy huquqiy ong huquqiy 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling