Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
288
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Shunday qilib, shaxs va jamiyatning huquqiy madaniyati umuminsoniy qadriyatlar tushunchalari va insoniyat umumdemokratik yutuqlarining muhim natijasi hisoblanadi. Huquqiy madaniyat – huquqiy davlatning ajralmas qismidir. Huquqiy madaniyatning tarkibiy qismlari quyidagi elementlardan tashkil topadi: birinchidan, yuridik normalar tizimi bo‘lmish huquq; ikkinchidan, huquqiy muno- sabatlar, ya’ni qonun bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar tizimi; uchin- chidan, huquqni muhofaza qilish va ta’minlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat va jamiyat institutlari tizimi bo‘lmish yuridik muassasalar; to‘rtinchidan, huquqiy ong, ya’ni huquqiy voqelikni ma’naviy jihatdan aks ettiruvchi tizim; beshinchidan, huquqiy xatti-harakat (ham qonuniy, ham qonunga xilof). Qonunchilikda, davlat-huquqiy qurilishda, huquqiy tartibga solish va huquqiy madaniyat institutlari hamda mexanizmlarida ko‘z o‘ngimizda yuz berayotgan chuqur o‘zgarishlar, huquqiy rivojlanishning olamshumul, strategik istiqbollari va maqsadlari to‘g‘risida o‘ylash, mamlakatmizda yuz berayot- gan huquqiy islohotlarni jahondagi huquqiy rivojlanish jarayoni bilan «mu- vofiqlashtirish», unda O‘zbekistonning o‘rni hamda ushbu o‘ringa mos islo- hotchilik yo‘nalishlari va maqsadlarini aniqlash zarur. Bizning milliy huquqiy tizimimiz butunlay yangi asosda, jahon huquqiy jarayonining yutug‘i bo‘lgan demokratik prinsiplar negizida yangidan yaratilganligi shubhasiz. Konstitutsiyadan boshlab deyarli barcha qonunlarimiz tub o‘zgarishga uchradi. Qonunlarimizda huquq mustaqil demokratik davlatning huquqi bo‘lgan bugungi kun voqeligi hi- sobga olindi. O‘zbekiston qonunlarida halqaro huquqning jahonda tan olingan prinsiplari va normalari o‘z ifodasini topdi va mustahkamlandi. Ular rivojlan- gan mamlakatlar huquqiy tizimining ilg‘or yutuqlarini davom ettirdi, qadimiy mamlakatimizning tarixiy-huquqiy tajribasini qamrab oldi. Huquqiy madaniyatning taraqqiyoti shaxs huquqlari va erkinliklari hajmining kengayishi, ularning himoyalanganlik darajasining kuchaytirilishi- dir. Huquqiy taraqqiyot markazida shaxs, uning huquqlari, erkinliklari va qo- nuniy manfaatlari hamda madaniyatida uning oliy qadriyatining, ya’ni «barcha narsalarning mezoni bo‘lgan inson»ning maqomini mustahkamlashga qara- tilgan barcha huquqiy vositalar, mexanizmlar va institutlar turadi. Huquqiy davlatni shakllantirish vazifasini yuksak huquqiy madaniyatsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, huquq o‘ziga munosib oliy qadriyat o‘rnini olmas ekan, demokratik fuqarolik jamiyatini yaratib bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda xalqaro huquqning jahonda tan olingan prinsiplari va normalarining milliy huquqdan ustunligi e’tirof etilmoqda, bu huquqiy madaniyatimizga barcha ilg‘or taraqqiyot o‘zgarishlari uchun yo‘l ochmoqda, xalqaro huquqda o‘z ifodasini topgan umuminsoniy qadriyatlar va ideallarni huquqiy madaniyatimiz rivojlanishi uchun mezon va yo‘nalish sifatida belgilamoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling