Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
285
XIII bob. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat edi-yu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Huquqiy tarbiyaning tarbiyaviy ishning mustaqil yo‘nalishi sifatida belgilab qo‘yilmaganligi o‘sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Shubhasiz, huquqiy, siyosiy, va ma’naviy ongning o‘zaro bog‘liqligini es- dan chiqarmaslik kerak, lekin shuni nazarda tutish lozimki, ularni bir-biri bilan qo‘shib yuborish ham mumkin emas. Tarbiyaviy ishning o‘ziga xos yo‘nalishi sifatida huquqiy tarbiyaning mustaqilligi avvalo uning mazmuni bilan bog‘liq. Huquqiy tarbiya mustaqil huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa, tarbiyaning o‘ziga xos shakllari va usullarini izlab topish hamda qo‘llanish zaruriyatini taqozo etadi. Tarbiyachilar zarur hajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollan- gan, huquqiy ongi shakllangan, huquqiy madaniyati yuksak bo‘lishi lozim. Huquqiy tarbiya tamoyillariga ilmiylik, amaliyot bilan uzviylik, o‘ziga xoslikni ham kiritish mumkin. Huquqiy tarbiyaning ilmiyligi uni amalga oshirish jara- yonida hozirgi zamon huquqiy va boshqa fanlari, avvalo, huquqiy faoliyat, shaxs tarbiyasi (sotsiologiya, ruhshunoslik, pedagogika va boshqalar) bilan bevosita munosabatdor yutuqlardan foydalanishni ifodalaydi. Ayni vaqtda, huquqiy tar- biyaning ilmiyligi uning mavjud holatini aks ettirmaydigan subyektivizm bi- lan, huquqiy voqelikni baholashda mafkuraviy andozalardan foydalanish bilan chiqisha olmaydi. Davlatimizning rivojlanish istiqbollari har tomonlama bilimli, yuqori malakali yoshlar qo‘lida bo‘lib, bu ulardan yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish huquqni puxta bilishni talab qiladi. Bozor iqtisodiga o‘tish hamda huquqiy demokratik davlat qurish, qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolatning qaror topishini ta’minlash, aholini huquqiy jihatdan tar- biyalash va uning huquqiy ongini rivojlantirishga bog‘liqdir. Yuridik amaliyotda aholiniing huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida bir qancha Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling