Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
290
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi larni, ya’ni rostgo‘ylik, insof, diyonat, ezgulik, shafqat, vijdon, insoniy qadr- qimmat va tanlov erkinligini qamrab oladi. Huquqiy madaniyatning normativ funksiyasi aksiologik (baholovchi) tavsiflar tizimi yordamida aks ettiriladi. U turli hodisa va faktlarda, ma’lum bir ahamiyat kasb etgan ongli shaxslar harakatida o‘z aksini topadi. Shundan kelib chiqqan holda, huquqiy normalar boshqa jamiyatning huquqiy madaniyatini tashkil qiluvchi elementlarni baholovchi obyekt sifatida maydonga keladi. Huquqiy madaniyatning normativ funksiyasi huquq normalarida nazarda tutilgan harakat namunalariga mos holda atrofdagi huquqiy voqelikni o‘zgartirishda erishilgan natijaga nisbatan munosabatda o‘z aksini topadi. Huquqiy madaniyatdagi baholovchi faoliyat shaxs, huquq xizmatchilari jamiyati, qonunchilik, huquqiy tartib-intizom, huquqiy munosabatlar, huquqiy boshqaruv mexanizmi (tegishli huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan) «o‘lchovidan» tashkil topadi. Huquqiy madaniyatning sotsiologik funksiyasi shaxsning huquqiy sifatlari shakllanishi tizimi orqali o‘rganib chiqilishi mumkin. Shubhasiz bunday jarayonga huquqiy voqelik muayyan darajada ta’sir o‘tkazadi. Shu bilan birga, maqsadli huquqiy tarbiyaviy ishlarni olib borish, aholining huquqiy ta’limini tashkil qilish chorasini ko‘rish, ularga yuridik yordam ko‘rsatish, shaxsning o‘zini o‘zi tarbiyalash jarayonini faollashtirish zarur. Huquqiy madaniyat kommunikativ funksiyani ham bajaradi. U fuqa- rolarning huquqiy doiradagi muloqotini ta’minlar ekan, shu muloqot orqali mavjud bo‘ladi va ta’sir etadi. Bu yerda fuqarolarning faqat huquqiy harakat doirasidagi bevosita muloqoti, shuningdek, bizga shaxsan notanish bo‘lgan, bizdan makon va zamonda ajralib turgan tengdoshlarimiz, o‘tmish avlodlarimiz bilan bevosita «muloqoti» nazarda tutilmoqda. Bunday muloqot yozma yuridik asarlar vositasida ta’minlanadi. Bugungi kunda u ommaviy axborot vosi- talarining takomillashuvi bilan yanada rivojlanadi. Huquqiy muloqot subyekt- lararo o‘zaro ta’sir formulasi bo‘lib, huquq doirasida erkin va kamyob mohiyat sifatida namoyon bo‘ladi. Bu funksiyani o‘zlashtirish huquqiy madaniy merosga, zamonaviy huquqiy madaniyatni uning boshqa ko‘rinishlariga nisbatan o‘zlashtirishga yordam beradi. Har bir jamiyatning huquqiy madaniyati boshqa jamiyat huquqiy madaniyatining o‘zaro ta’sirisiz muvaffaqtiyatli rivojlana olmaydi. Sovetlar davrida mam- lakatimizning madaniyatini cheklashga urinish, jumladan, uning boy tarixiy, huquqiy merosidan uzishga intilish va zamonaviy davlatlar madaniy-huquqiy hayoti bilan har qanday aloqani cheklashga urinish qanday achinarli oqibat- larga olib kelgani ma’lum. Huquqiy madaniyat hozirgi va o‘tmish davr huquqiy madaniyatining ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirishi lozim. Huquqiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling