Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIV bob. HUQUQIY MUNOSABATLAR Huquqiy munosabatlarning tushunchasi, tuzilishi va turlari 1-§.
Huquqiy munosabat – o‘zaro subyektiv huquq va majburiyatlar bilan
bog‘liq shaxslar (ya’ni, fuqarolar va yuridik shaxslar) o‘rtasidagi huquq nor- malari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqadir. Huquqiy munosabat ta’rifidagi asosiy narsa, avvalo, bu tomonlar o‘rtasidagi aloqadorlikni aks etti- rishdir. Bunday munosabatlarda kamida ikki tomon – huquq sohiblari ishtirok etib, o‘zaro muloqotga kirishadilar. Huquq sohiblari bir-birlari oldida tegishli subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarni o‘taydilar. Huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari bir-biri bilan o‘zaro mutanosib tarzda bog‘liq; bir tomonning huquqiga ikkinchi tomonning majburiyati muvofiq keladi; har doim huquq sub- yekti bo‘lgan shaxs qarshisida majburiyat o‘tovchi shaxs gavdalanadi. Ma- salan, ishga kirish bilan bog‘liq huquqiy munosabatni olaylik. Bunda, ishga qabul qilingan xodim zimmasida muayyan mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati, korxona ma’muriyatida esa, mehnat intizomiga rioya qilishni talab etish huquqi va bajarilgan ish uchun tegishli ish haqi to‘lash majburiyati (bu, ayni vaqtda, huquq hamdir) paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, ikkala subyekt XIV bob. HUQUQIY MUNOSABATLAR Huquqiy munosabatlarning tushunchasi, tuzilishi va turlari 1-§. 293 XIV bob. Huquqiy munosabatlar ham qonunda belgilangan qator huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarni bajaradilar. Yuridik adabiyotda huquqiy munosabatlarning tabiati masalasi ancha mu- nozarali. Bir guruh olimlar huquqiy munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarning alohida bir turi, deb hisoblaydilar (L.S. Yavich 1 , V.K. Babayev 2 , Yu.I. Grevsev 3 va boshqalar). Boshqa mutaxassislarning ta’kidlashicha: «Huquqiy munosabat- lar ijtimoiy munosabatlarning alohida turi emas, ya’ni ular mulkiy, mehnat, oilaviy, boshqaruv munosabatlari silsilasida mustaqil o‘rin tutmaydi: huquqiy munosabatlar faqat ularning yuridik shakli, tashqi ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi... Ijtimoiy munosabatlar huquqiy shaklga ega bo‘lishi mumkin, bunda ular huquqiy munosabatlar, deb ataladi» 4 . To‘g‘ri, ijtimoiy munosabatlarning hammasi ham huquqiy normalar vositasida tartibga solinmaydi. Odatda, davlat va jamiyat manfaatlari nuqtayi nazaridan eng muhim ijtimoiy munosabatlar huquq bilan tartibga solinadi. Ijtimoiy munosabatlarning qolgan qismi axloq normalari, siyosiy normalar, jamoat birlashmalari normalari, odat qoidalari, diniy normalar va hokazolar bilan tartibga solinadi. Huquqiy munosabatlar quyidagi xususiyat va maxsus belgilar bilan tavsiflanadi: Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling