Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
299
XIV bob. Huquqiy munosabatlar Davlat ishtirok etadigan mulkiy munosabatlar davlat mulki, tashqi savdo, kredit, boj va qarz masalalarida vujudga keladi. Ba’zi hollarda davlat yagona huquq subyekti sifatida maydonga chiqadi. Masalan, Konstitutsiya va amaldagi qonunlarga muvofiq, O‘zbekistonda yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmon, temir yo‘l, havo va suv transportiga, aloqa vositalariga egalik qilish huquqi faqat davlatga tegishlidir. O‘zbekiston Respublikasi – xalqaro huquqiy muno- sabatlar subyekti, ya’ni ma’lum huquq va majburiyatlar egasidir. Huquqiy munosabatning subyekti bo‘lish uchun tashkilot yoki jismoniy shaxs huquqdorlik maqomiga ega bo‘lishi lozim. Faqat huquqdor, ya’ni huquqiy layoqat va muomala layoqatiga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxs- lar huquqiy munosabat ishtirokchisi deb tan olinadi. Huquqdorlik – huquq sohibi, huquqiy aloqalar ishtirokchisi bo‘lish qo- biliyatidir. Huquqiy layoqat – shaxsning huquq normalariga muvofiq subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘la olish qobiliyatidir. Boshqacha ayt- ganda, huquqiy layoqat jismoniy va yuridik shaxslarning subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘lish imkoniyati, qonunda nazarda tutilgan turli munosabatlarga kirishi qobiliyatidir. Insonlarda huquqiy layoqat ular tug‘ilgan paytda paydo bo‘lib, vafot etgunicha mavjud bo‘ladi. Huquq normalari huquqiy munosabat subyektlarining ular huquqiy layoqatiga mos tarzdagi harakatlanish mezoni va chegarasini belgilaydi. Huquq nazariyasida huquqiy layoqatning uch turi farqlanadi: umumiy, sohaviy va maxsus. Umumiy huquqiy layoqat – har qanday shaxsning, yoki tashkilotning umuman huquq subyekti bo‘la olish imkoniyatidir. Bu imkoniyat tug‘ilgan (tashkil topgandan) boshlab mavjud bo‘ladi. Sohaviy huquqiy layoqat – shaxs yoki tashkilotning u yoki bu huquq sohasida subyekt bo‘la olish yuridik qobiliyati. Turli huquq sohalarida subyekt bo‘lish uchun har xil talablar belgilangan. Maxsus huquqiy layoqat – muayyan lavozimni prezident, sudya, proku- ror va h.k. egallash munosabati bilan vujudga keladigan huquqiy munosa- batlarning ishtirokchisi bo‘lish qobiliyati. Bunday layoqat shaxsning muayyan huquq subyekti toifasiga mansub bo‘lishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin (masalan, huquqni muhofaza etish organi xodimi). Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling