Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


tengligi yoki hokimlik-bo‘ysunish (iyerarxik) tarzidaligiga qarab


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

tengligi yoki hokimlik-bo‘ysunish (iyerarxik) tarzidaligiga qarab bu 
munosabatlar farqlanadi. Tomonlar huquq va majburiyatlarining tengligiga asos-
langan (avtonom) huquqiy munosabatlar, masalan, fuqaroviy-huquqiy, oilaviy-
huquqiy munosabatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Hokimlik va bo‘ysunish 
(ya’ni, avtoritar) mazmunidagi huquqiy munosabatlar, jumladan, jinoiy-huqu-
qiy, ma’muriy-huquqiy munosabatlar shaklida bo‘ladi. Bunda bir taraf ustuvor 
huquqqa, hokimiyat vakolatlariga ega. Ikkinchi taraf esa, bo‘ysunish holatida 
bo‘lib, asosan majburiyat o‘taydi.
Adabiyotlarda kompleks huquqiy munosabatlar haqida ham so‘z 
yuritiladi. Bunday munosabatlar uzoq davom etuvchi, nisbatan turg‘un, mu-
rakkab tarkibli bo‘lib, ulardagi o‘zaro huquq va majburiyatlar ko‘p qirraliligi 
bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu turdagi munosabatlarga er-xotin o‘rtasidagi yoki 
korxona ma’muriyati bilan xodim o‘rtasidagi munosabatlar va boshqalar mi-
sol bo‘la oladi. Kompleks huquqiy munosabatlar, o‘z navbatida, bir necha 
oddiy huquqiy munosabatlarga bo‘linadi. Kompleks huquqiy munosabatlar ular 
tarkibiga kiruvchi oddiy huquqiy munosabatlardan o‘zining vujudga keltiruv-
chi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi asoslariga (yuridik faktlarga) ko‘ra farq 
qiladi.
Huquqiy munosabatlar umumiy va aniq (konkret), mutlaq va nisbiy 
turlarga ham bo‘linadi. Umumiy huquqiy munosabatlar deganda, avva-
lo, fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va majburiyatlarini mustahkamlovchi 
konstitutsiyaviy normalar asosida vujudga keluvchi munosabatlar tushuniladi. 
Fuqarolar qonunda nazarda tutilgan vakolatlarga ega bo‘lgach, barcha u yoki 
bu huquq subyektlari bilan huquqiy aloqadorlikda hisoblanadilar. Basharti, 
mazkur huquq va erkinliklar amalga oshirilsa, 
aniq huquqiy munosabat vu-



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling