Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


b) huquqiy munosabat – huquq normalarining insonlar xulq-at-


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

b) huquqiy munosabat – huquq normalarining insonlar xulq-at-
voriga ta’siri natijasida vujudga keladigan munosabat. Huquq normasi 
bilan huquqiy munosabat o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Hayotda faqat yuri-
dik normalarda nazarda tutilgan huquqiy munosabatlargina mavjud. Kishilar 
o‘rtasidagi muayyan munosabatlarga huquqiy norma qo‘llanilgach, ular huquqiy 
munosabatlarga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini 
ixtiyoriy hodisa emas, balki qonuniyatli jarayon deb tushunish lozim. Buning 
sharti shuki, huquqiy normalar tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlardan
bevosita huquqiy voqelikdan kelib chiqishi kerak, chunki huquqiy normalar 
munosabatlarni tug‘diruvchi sabab bo‘lishdan avval ushbu munosabatlar 
ichki rivojlanishning oqibati, ularning zaruriy, mohiyatiga oid maxsus belgisi 
bo‘lganligidir
1
.
d) huquqiy munosabat – bu kishilarning o‘zaro subyektiv huquq-
lar va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalaridir. Bu ijtimoiy alo-
qaning alohida shakli. Ya’ni, huquq normalari bilan mustahkamlangan huquq 
va majburiyatlar orqali amalga oshadigan aloqadir. Subyektiv huquq egasi – 
huquqdor, vakolatli shaxs; yuridik majburiyatlar egasi – majburiyat o‘tovchi 
shaxsdir. Har qanday huquqiy munosabatda huquqdor shaxs qarshisida maj-
buriyat o‘tovchi shaxs (inson, tashkilot, davlat idorasi) hozir bo‘ladi. Xuddi shu 
ma’noda huquqiy munosabat individuallashgan (ya’ni, shaxsi aniqlangan) aloqa 
hisoblanadi. 
Shaxsini belgilash 
nomma-nom va ijtimoiy vazifani bajarishdagi roliga 
qarab ikki ko‘rinishda bo‘ladi.
Shaxsini nomma-nom belgilashda huquq sohiblari o‘z ismi-shariflari, 
tashkilotlar esa, o‘zlarining to‘liq unsurlari bilan nomlanadilar. Masalan, nikoh 

Дудин А.П. Диалектика правоотношения. – Саратов, 1984. – 13-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling