Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
delikt layoqati haqida bormoqda. «Delikt»
lot. – huquqbuzarlik, noqonuniy xatti-harakat, ya’ni shaxsning sodir etilgan huquqbuzarligi, jinoyati uchun javob bera olish layoqatini anglatadi. Mazkur layoqat sohibi hisoblanayotgan shaxs aqli raso, ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi va o‘z xatti-harakatlari oqibati uchun to‘la javobgarlikni zimmasiga olishga layoqatli bo‘lishi lozim. Huquqdorlik tushunchasi tarkibida huquqiy layoqat muhim belgilovchi o‘rinni egallaydi. Muomala layoqati bilan delikt layoqati esa, undan kelib chiqa- di. Chunki, shaxs huquq layoqatiga ega bo‘lmasa, huquqni amalga oshirishi yoki tegishli javobgarlikni o‘tashi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. 301 XIV bob. Huquqiy munosabatlar Huquqiy munosabatlar tarkibiy tuzili- shining zaruriy qismlaridan yana biri – ular- ning obyektidir. «Obyekt» – lot. objektum – so‘zidan olingan bo‘lib, «narsa», «mavzu» de- gan ma’noni anglatadi. Har qanday huquqiy munosabat uning zamirida yotgan hayotiy hodisalarni, narsa va jarayonlarni tartibga solish vazifasini o‘taydi. Shu bois, obyektsiz, ya’ni hech narsaga qaratilmagan, hech narsaga ta’sir ko‘rsatmaydigan huquqiy munosabatlar bo‘lmaydi. Huquqiy munosabatda ishtirok etayotgan subyektlarning diqqat-e’tibori, manfaati, xatti-harakati qaratilgan real ne’mat, aniq narsa, jarayon, harakat- lar huquqiy munosabatning obyekti deb ataladi. Masalan, uy-joy oldi-sotdi shartnomaviy munosabatining obyektini uy-joy tashkil etadi; odam o‘ldirish jinoyatining obyekti – insonning hayoti; birovni haqorat qilish fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bu huquqiy muno- sabatlar obyektini shaxsning sha’ni, qadr-qimmati, obro‘-e’tibori tashkil etadi. Huquqiy munosabatlarning obyekti hayot hodisalari kabi turli-tumandir. Ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin: Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling