Shaxsiy nomulkiy ne’matlar. Huquqiy munosabatning shaxsiy nomul-
kiy obyekti deganda nomoddiy ne’matlar, insonning bevosita shaxsiyati bilan
bog‘liq narsalar tushuniladi. Bular – insonning hayoti, qadr-qimmati, sha’ni,
sog‘lig‘i kabilar. Insonni hayotdan mahrum etish jinoyatdir. Deyarli barcha
davlatlarning jinoyat qonunchiligida inson hayotiga tajovuz qilish jinoiy javob-
garlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, insonning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, obro‘-
e’tibori, qadr-qimmati fuqarolik, ma’muriy, nikoh va oila hamda boshqa qonun-
chilik sohalari normalari bilan muhofaza etiladi.
Huquqiy munosabat uning ishtirokchi-
larida o‘zaro subyektiv huquq va majburiyat-
lar mavjud bo‘lishini anglatadi. Subyektiv
huquq va yuridik majburiyatlar huquqiy
munosabatlarning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Chunki, ularni o‘zaro
bog‘liqlikda tahlil etish orqali huquqiy munosabatning tabiati va maqsadi haqi-
da tasavvur hosil qilish mumkin.
Subyektiv huquq – huquqdor (vakolatli) shaxsning huquq normalari
doirasida hamda muayyan yuridik faktlar asosida vujudga keluvchi xatti-hara-
kati, fe’l-atvorining me’yoridir. Shuningdek, subyektiv huquq – huquqiy muno-
sabat ishtirokchilarining tegishli huquq normasiga asosan unda nazarda tutil-
gan harakatni sodir qilishga haqli ekanini yoki ularning ma’lum harakatlarning
amalga oshirilishini talab qilish vakolatini bildiradi. Subyektiv huquq qonun bi-
lan beriladigan va davlat tomonidan muhofazalanadigan xulq-atvorning mum-
kin bo‘lgan (ruxsat etilgan) chegarasi, ko‘lami bo‘lib, u asosan shaxsning im-
koniyati sifatida baholanadi va uning qonuniy manfaatlarini qondirishga xizmat
qiladi.
Subyektiv huquq
va yuridik
majburiyatlar
4-§.
303
Do'stlaringiz bilan baham: |