Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Yuridik faktlar
5-§.


305
XIV bob.
 Huquqiy 
munosabatlar
H
uq
uq
iy
 m
u
n
о

b
аt
H
u
q
u
q
iy m
un
о



оb
ye
k
ti
Is
h
ti

kc
h
il
а
rni
n
g
 
х
u
lq

tv
о
ri v
а un
in

о
q
ib
аt

ri
Hu
qu
q
iy
 v
а
k
о

t
S
u
b
y
ek
ti
v h
uq
uq


 m
а
jb
u
ri
y
a
tl
а
r
Hu
qu
q
 s
u
b
y
ek
ti
Y
ur
id
ik f
а
k
t
H
ar
ak
a
t
Ho
d
is
a
M
о
d
d
iy о


n
е’

tlа
ri
Y
ur
id
ik m
а
jb
ur
iy
a
t
Y
ur
id
ik 
sha
xs
Ji
sm
о
n
iy
 
shа
хs
M
а’
n
а
v
iy i



hs
u
li
S
h
а
х
siy
 n
о
m
u
lk
iy
 
n
е’

tlа
r
H
uq
uq
iy
 m
u
n
o
sa
b
at
 t
a
rk
ib
i
20–18-8


306
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Xo‘sh, yuridik faktlar degani qanday hodisa? Turmushdagi barcha vo-
qeliklar mana shunday hodisalar hisoblana oladimi? Chamasi, yo‘q. Hayotda 
turli-tuman faktlar, holatlar, shart-sharoitlar bor. Ammo, ularning hammasi 
ham yuridik fakt bo‘lavermaydi. Muayyan hodisa va holatlarni yuridik fakt 
deb e’tirof etish davlatning xohish-irodasiga bog‘liq. Yuridik fakt huquqiy mu-
nosabatni keltirib chiqaradi, tomonlarda huquq va majburiyat vujudga keltiradi. 
Huquqiy normalar ta’sirida u yoki bu hayotiy holatlar yuridik faktga aylanadi.
Yuridik faktlar – huquqiy normalar asosida huquqiy munosabatlarni 
vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va barham toptiruvchi hayotiy hodisalardir. 
Yuridik faktlar huquqiy tizimda, huquqiy tartibga solish mexanizmida muhim 
rol o‘ynaydi va katta ahamiyat kasb etadi. Ular huquqiy norma bilan aniq 
huquqiy munosabat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir. 
Yuridik faktlar huquqiy normalar va huquqdorlik (huquq subyekti), sub-
yektiv huquq va yuridik majburiyat bilan birgalikda huquqiy munosabatlarning 
zaruriy sharti hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-
sining 41-moddasiga muvofiq, har kim bilim olish huquqiga ega. Fuqaroning 
oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qish huquqi amalga oshishi uchun u balog‘at yoshiga 
yetganligi hamda muomala layoqatiga egaligidan tashqari tegishli yuridik fakt 
mavjud bo‘lishi lozim. Bu yuridik fakt – uning kirish imtihonlarini muvaf-
faqiyatli topshirishi, tanlovdan o‘tishi va buyruq bilan o‘quv muassasasiga qa-
bul qilinishidir. Ana shundagina talaba bilan o‘quv yurti ma’muriyati o‘rtasida 
huquqiy munosabat kelib chiqadi. 
Yuridik faktlar huquq normalarida nazarda tutiladi, mustahkamlanadi. 
Masalan, nikohni FHDYo (ZAGS) idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazish fakti – yuri-
dik faktdir, chunki bu holat Fuqarolik kodeksi va Oila kodeksida mus-
tahkamlangan. Ayni vaqtda, masjidda ham nikoh o‘qish faktlari (urf-odati) 
mavjud. Biroq, bu fakt qonunda nazarda tutilmagan. Shu bois, u yuridik fakt 
bo‘la olmaydi. 
Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi. 
Yuridik faktlar ular keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarga qarab: 
huquq-
ni yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi faktlarga 
bo‘linadi.
Ayni bir yuridik hodisa bir vaqtning o‘zida ham huquq yaratuvchi, ham 
huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin. Ma-
salan, insonning o‘limi fakti meros huquqiy munosabatlarining kelib 
chiqishiga sabab bo‘la oladi, shu choqqacha mavjud bo‘lgan huquqiy muno-
sabat ishtirokchilari tarkibi o‘zgarishiga olib keladi (ya’ni, o‘lgan shaxs bu 
munosabatdan chiqib ketadi), mavjud qator (oilaviy, mehnat, nafaqa) huquqiy 
munosabatlarning barham topishiga asos bo‘ladi.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling