Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Moddiy olam ne’matlari. Ularga buyum, ashyolar kiradi. Yuridik 
ma’noda buyumlar – tabiat ne’matlari va mehnat faoliyati jarayonida yaratil-
gan narsalar bo‘lib, ular yuzasidan huquqiy munosabatlar kelib chiqadi. Buyum 
(ashyo) lar toifasiga: ishlab chiqarish qurol-vositalari, iste’mol mollari, pul, qim-
matli qog‘ozlar, moddiy mahsulotlar va boshqalar kiradi. Masalan, moddiy 
olam ne’matlari obyekti bo‘luvchi huquqiy munosabatlarga oldi-sotdi, mahsulot 
ayirboshlash, hadya, meros kabi munosabatlar kiradi. 
Ma’naviy ijod mahsulotlari. Bu intellektual-aqliy faoliyat natijasidir. 
Unga madaniyat, san’at, tasviriy ijod, kino, adabiyot asarlari va boshqalar ki-
radi.
Intellektual-aqliy ijod mahsullari yuzasidan ham turli-tuman huquqiy mu-
nosabatlar kelib chiqadi. San’at va adabiyot asarlarini yaratgan shaxs mual-
liflik huquqiga da’vogar bo‘ladi. Muzey, ko‘rgazma, she’riyat kechasiga borgan 
shaxslarda ana shu ijod mahsulotlariga qiziqish paydo bo‘ladi. Bu munosabat-
ning obyekti – ma’naviy boyliklardir. Ijod mahsulotlari oldi-sotdi, hadya, ijara, 
foydalanish kabi huquqiy munosabatlarning obyekti bo‘lishi mumkin.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining xulq-atvori va uning oqi-
batlari. Inson faoliyati, xulq-atvori huquqiy munosabatlar vositasida tartib-
ga solinuvchi obyekt sifatida namoyon bo‘ladi. Aksariyat hollarda majburiyat 
o‘tovchi subyektning xulq-atvori huquqiy munosabat obyekti bo‘ladi. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga mu-
vofiq, ichki ishlar idoralari jazoni o‘tab qaytgan shaxslar ustidan ma’muriy 
Huquqiy 
munosabatlarning 
obyekti
3-§.


302
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
nazorat o‘rnatadi va uni amalga oshiradi. Bunda nazorat ostida bo‘luvchi 
shaxsning faoliyati, yurish-turishi, xulq-atvori ichki ishlar organi bilan jazo 
o‘tab chiqqan shaxs o‘rtasidagi huquqiy munosabatning obyekti bo‘ladi.
Xulq-atvorning natijasi deganda, u yoki bu harakat (harakatsizlik) keltirib 
chiqaradigan oqibat tushuniladi. Ko‘pgina huquqiy munosabatlar muayyan oqi-
batga erishish uchun o‘rnatiladi va amalga oshiriladi. Bu holatda xulq-atvor 
emas, balki uning natijasi huquqiy munosabatning obyekti sanaladi. Masalan, 
yuk tashish shartnomasi asosida kelib chiquvchi huquqiy munosabatni olaylik. 
Bunda huquqdor shaxsni (yuk qabul qilib oluvchi tomonni) majburiyat o‘tovchi 
shaxsning qanday xatti-harakatlar sodir etishi qiziqtirmaydi. Balki uning ha-
rakatlari natijasi, ya’ni yukni muayyan muddatda belgilangan joyga yetkazib 
berishi qiziqtiradi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling