Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Huquq tizimi
tushunchasi va uning tarkibiy qismlari 1-§. 311 XV bob. Huquq tizimi va qonunchilik tizimi. Qonunchilikni tizimlashtirish va qismlari o‘rtasidagi munosabat, aloqadorlik hamda nisbatni ifodalaydi. Huquq tizimi obyektiv tabiatga ega. Buning ma’nosi shuki, mavjud ijtimoiy munosabatlar va ularning real manzarasi huquq tizimini belgilovchi omil hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi, yangilanishi huquq tizimida o‘zining aynan aksini, ifodasini topadi. Shu jihatdan har bir davlat- ning huquq tizimi mazkur jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning in’ikosi, ifodasi hisoblanadi. Ma’lumki, har qanday huquq davlat tomonidan o‘rnatilgan va bajarilishi hokimiyat vositalari bilan ta’minlanadigan normalar majmuidan iborat. Ayni vaqtda, bu normalar majmui betartib tarzda jamlangan bo‘lmay, balki uning qismlari o‘zaro muvofiqlik, bog‘liqlik asosida birlashadi. Bu tizim bir paytda umumiylik va alohidalik, mustaqillik va bog‘liqlik, o‘xshashlik va farqlanish xususiyatlariga egadir. Huquq tizimini tashkil etgan normalarning umumiyligi va birligi ularda ifodalangan davlat irodasining yagonaligi, huquqiy norma- lar amal qilib turgan «huquqiy zamin»ning, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmi va bu mexanizm asoslanadigan umumiy qoidalarning yaxlitligi, shuningdek vazifalari va maqsadlarining mushtarakligi bilan belgi- lanadi. Tahlillar ko‘rsatishicha, huquq tizimi quyidagi xususiyatlarga ega: – birinchidan, ijtimoiy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqib obyektiv ravishda shakllanadi; – ikkinchidan, u yaxlit tizim sifatida huquqning ichki tuzilishini, ya’ni bu tizim qanday ichki «qurilma»dan iboratligini ko‘rsatadi; – uchinchidan, huquq tizimi uni tashkil etuvchi yuridik normalarning muayyan guruhlarga birlashishini ifodalaydi; – to‘rtinchidan, huquq tizimini tashkil etuvchi yuridik normalar va ular birlashgan guruhlarning o‘zaro farqlanishini ko‘rsatadi; – beshinchidan, ijtimoiy munosabatlarning xususiyati va o‘ziga xosligi yuridik normalarning ham ma’lum darajada ixtisoslashuviga sabab bo‘ladi. Falsafiy talqindagi «tizimlar nazariyasi»ga ko‘ra, har qanday tizimning tarkibiy tuzilishi muayyan qoidalar va mezonlar asosida tashkil topadi. Biron- bir tizimni chuqurroq anglash uchun tizim asosida yotadigan ushbu mezon- larni aniqlash lozim. Bu huquq tizimini o‘rganish uchun ham zarur bo‘lib, uning natijasida huquqning nimalarga asoslanib «qurilganligi», huquq norma- larining jamlanishi (integratsiya) va guruhlarga bo‘linishi (differensiatsiya) asosida nima yotganligini bilib olamiz. Shu maqsadda adabiyotlarda qator yon- dashuvlardan foydalaniladi. Genetik yondashuv asosida birlamchi va ikkilamchi (hosila) mezonlar ajratiladi. Huquqqa nisbatan, avvalo, inson birlamchi mezon hisoblanadi. Shu ma’noda huquqqa nisbatan turli yo‘llar bilan shakllangan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling