Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

312
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar, eng avvalo, davlat va jamiyat ikkilamchi 
mezon hisoblanadi. Tarixiy yondashuvga asosan esa, huquqning tizim sifatida 
shakllanishining butun rivojlanish yo‘lini kuzatib tahlil etish mumkin, 
bu jarayonda eng muhim mezon sifatida huquqning shakli (manbayi) 
oldingi o‘ringa chiqadi. Huquq shakllarini tahlil etish orqali biz u yoki bu 
huquq tizimi uchun xos bo‘lgan tizim hosil qiluvchi mezonlarni aniqlashimiz 
mumkin. Tarixiy yondashuv huquq tizimining genetik aloqalarini ochib berishi 
bilan bir qatorda, tarixiy rivojlanish jarayonida huquq tizimida bo‘lgan jo‘shqin 
o‘zgarishlarni ham kuzatish mumkin. Bu avvalo insonning o‘zining individ sifa-
tida va turli ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar a’zosi sifatida rivojlanishi bilan bog‘liq. 
Bundan tashqari, huquq tizimiga turli diniy, etnik, g‘oyaviy omillar va ularning 
o‘zaro nisbati ta’siri ham namoyon bo‘lgan.
Huquq voqeligiga tizimli-tuzilmaviy yondashuv uning ichki tuzilishida 
huquq normalarining ma’lum tartibda joylashganligini ko‘rsatadi. Huquq tizimi-
da joylashgan normalarning tartibga solinganligi, o‘zaro muvofiqligi va aloqa-
dorligi hamda ayni paytda, farqlanishi ijtimoiy munosabatlarning ham xuddi 
shunday tuzilmaviy xususiyati va ularni huquqiy tartibga solishga bog‘liqligi 
bilan belgilanadi.
Huquqning tizimliligi bir necha darajalarni o‘z ichiga oladi. Ulardan 
birinchisi o‘z ichki tuzilishi va aloqalariga ega bo‘lgan huquq normasidir
Ushbu aloqadorlik tufayli u aniq huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Shu 
bilan bir qatorda, aynan bir munosabat bir necha normalar bilan tartibga 
solinadi va bu ularni huquq tizimliligining 
ikkinchi pog‘onasi hisoblangan 
huquq institutiga birlashtirishga asos bo‘ladi. Bu birlashuv huquq norma-
sining tashqi aloqalari natijasi sifatida amalga oshadi. 
Uchinchi, huquq tizim-
liligining ancha yuqori darajasi bo‘lib, 
huquqning tarmoqlarga (sohalarga) 
bo‘linishi hisoblanadi.
Huquq tizimidagi tarkibiy tuzilmalar o‘zining tashkiliy qurilishi va aloqa-
larining murakkabligi bilan bir-biridan farq qiladi (masalan, gorizantal, verti-
kal, matritsali va to‘g‘ri yo‘nalishli aloqalar va hokazo). Taraqqiyotning hozirgi 
holatiga mos keladigan tasnifga ko‘ra, huquq tizimi – huquq normalari, huquq 
institutlari va huquq tarmoqlari (sohalari)dan iborat.
Huquq normasi huquq tizimining birlamchi elementi bo‘lib, u davlat 
tomonidan o‘rnatiladigan, hokimiyat xususiyatiga ega bo‘lgan xulq-atvor va 
xatti-harakat qoidasidir. Huquq normasi huquq tuzilmasi ichida boshlang‘ich 
o‘rinda bo‘lib, butun huquq tizimida bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘zidan o‘tkazadi. 
Shu bois, uning huquq tizimining boshqa tuzilmalariga ta’siri ancha salmoqli. 
Ta’bir joiz bo‘lsa, uni huquqning «o‘lchov birligi», «birlamchi mezoni» deyish 
mumkin.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling