Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquq normasi
312
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar, eng avvalo, davlat va jamiyat ikkilamchi mezon hisoblanadi. Tarixiy yondashuvga asosan esa, huquqning tizim sifatida shakllanishining butun rivojlanish yo‘lini kuzatib tahlil etish mumkin, bu jarayonda eng muhim mezon sifatida huquqning shakli (manbayi) oldingi o‘ringa chiqadi. Huquq shakllarini tahlil etish orqali biz u yoki bu huquq tizimi uchun xos bo‘lgan tizim hosil qiluvchi mezonlarni aniqlashimiz mumkin. Tarixiy yondashuv huquq tizimining genetik aloqalarini ochib berishi bilan bir qatorda, tarixiy rivojlanish jarayonida huquq tizimida bo‘lgan jo‘shqin o‘zgarishlarni ham kuzatish mumkin. Bu avvalo insonning o‘zining individ sifa- tida va turli ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar a’zosi sifatida rivojlanishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, huquq tizimiga turli diniy, etnik, g‘oyaviy omillar va ularning o‘zaro nisbati ta’siri ham namoyon bo‘lgan. Huquq voqeligiga tizimli-tuzilmaviy yondashuv uning ichki tuzilishida huquq normalarining ma’lum tartibda joylashganligini ko‘rsatadi. Huquq tizimi- da joylashgan normalarning tartibga solinganligi, o‘zaro muvofiqligi va aloqa- dorligi hamda ayni paytda, farqlanishi ijtimoiy munosabatlarning ham xuddi shunday tuzilmaviy xususiyati va ularni huquqiy tartibga solishga bog‘liqligi bilan belgilanadi. Huquqning tizimliligi bir necha darajalarni o‘z ichiga oladi. Ulardan birinchisi o‘z ichki tuzilishi va aloqalariga ega bo‘lgan huquq normasidir. Ushbu aloqadorlik tufayli u aniq huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Shu bilan bir qatorda, aynan bir munosabat bir necha normalar bilan tartibga solinadi va bu ularni huquq tizimliligining ikkinchi pog‘onasi hisoblangan huquq institutiga birlashtirishga asos bo‘ladi. Bu birlashuv huquq norma- sining tashqi aloqalari natijasi sifatida amalga oshadi. Uchinchi, huquq tizim- liligining ancha yuqori darajasi bo‘lib, huquqning tarmoqlarga (sohalarga) bo‘linishi hisoblanadi. Huquq tizimidagi tarkibiy tuzilmalar o‘zining tashkiliy qurilishi va aloqa- larining murakkabligi bilan bir-biridan farq qiladi (masalan, gorizantal, verti- kal, matritsali va to‘g‘ri yo‘nalishli aloqalar va hokazo). Taraqqiyotning hozirgi holatiga mos keladigan tasnifga ko‘ra, huquq tizimi – huquq normalari, huquq institutlari va huquq tarmoqlari (sohalari)dan iborat. Huquq normasi huquq tizimining birlamchi elementi bo‘lib, u davlat tomonidan o‘rnatiladigan, hokimiyat xususiyatiga ega bo‘lgan xulq-atvor va xatti-harakat qoidasidir. Huquq normasi huquq tuzilmasi ichida boshlang‘ich o‘rinda bo‘lib, butun huquq tizimida bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘zidan o‘tkazadi. Shu bois, uning huquq tizimining boshqa tuzilmalariga ta’siri ancha salmoqli. Ta’bir joiz bo‘lsa, uni huquqning «o‘lchov birligi», «birlamchi mezoni» deyish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling