Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquq tarmog‘i
313
XV bob. Huquq tizimi va qonunchilik tizimi. Qonunchilikni tizimlashtirish Huquq instituti huquqiy normalarning alohida guruhi bo‘lib, u ijti- moiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, huquq ins- tituti huquqiy normalarning uncha katta bo‘lmagan barqaror guruhi bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir turini tartibga soladi. Demak, agar huquqiy norma huquqiy materiyaning birlamchi elementi bo‘lsa, huquq instituti esa, uning dastlabki huquqiy umumlashmasidir. Har bir tarmoq o‘z ichiga bir qator institutlarni qamrab oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo‘lagi, bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘lib, ayni paytda, muayyan mus- takillikka ega. Zero, ular ma’lum darajada mustaqil masalalarni tartibga soladi. Huquq institutlariga misol qilib, ma’muriy huquqda – mansabdor shaxs instituti; fuqarolik huquqida – da’vo muddati, shartnomalar, oldi-sotdi institutlari; konstitutsiyaviy huquqda – saylov tizimi, fuqarolik instituti; jinoyat huquqida – zaruriy mudofaa instituti; oila huquqida – nikoh instituti va boshqalarni keltirish mumkin. Huquq institutlarini turlicha guruhlashtirish mumkin. Eng avvalo, biz ularni huquq tarmoqlari bo‘yicha ajratamiz: ma’muriy huquq institutlari, fuqa- rolik huquqi institutlari va shu kabilar. Demak, qancha huquq tarmog‘i bo‘lsa, shuncha yo‘nalishdagi huquq institutlari majmui mavjud. Bunda huquq tarmoqlari institutlarni turlarga ajratish mezoni vazifasini o‘taydi. Hayotda shunday bo‘ladiki, muayyan bir ijtimoiy munosabat bir huquq tarmog‘iga oid institut bilan tartibga solinib qolmay, bir necha tarmoqqa tegishli institutlar bilan tartibga solinishi mumkin. Shu munosabat bilan ular tarmoq institutlari va tarmoqlararo institutlar hamda oddiy va murakkab (kompleks-majmuaviy), regulyativ (tartibga soluvchi), qo‘riqlovchi va ta’sis etuvchi (mustahkamlovchi) institutlarga ajraladi. Huquq tarmog‘i – bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartib- ga soluvchi yuridik normalar va huquq institutlarining umumiy majmui. Huquq tarmog‘i huquqni tizimlashning ancha yuqori darajasi hisoblanadi va u ma’lum yaxlitlik va mustaqillik bilan tavsiflanadi. Ta’kidlash joizki, ba’zi adabiyotlarda huquq tizimining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy elementlaridan tashqari yana huquq tarmoqchasi va subinstitutlar ham ajratiladi. Huquq tizimida tarmoqlarning ajralib chiqishiga unga bo‘lgan obyektiv zarurat asos bo‘lib hisoblanadi, davlat esa bu zaruratni o‘z vaqtida anglab, uni rasmiylashtiradi, xolos. Huquq tarmog‘i qonun chiqaruvchi or- gan tomonidan o‘ylab topilmay, balki ijtimoiy va amaliy ehtiyoj mahsuli sifatida shakllanadi. Ijtimoiy munosabatlar u yoki bu sohasining sifat jiha- tidan turdoshligi muayyan huquq tarmog‘ining shakllanishini taqozo etadi. Shu bois, u yoki bu huquq tarmog‘ining mavjudligi yoki mavjud emasligi huquqiy tartibga solishga «muhtoj bo‘lgan» ijtimoiy munosabatlarning te- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling