Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy va protsessual huquq.
315
XV bob. Huquq tizimi va qonunchilik tizimi. Qonunchilikni tizimlashtirish sohalarini ajratishning mezoni hisoblanadi. Ommaviy huquq doirasiga dav- lat manfaatini muhofaza etuvchi huquqiy normalar, xususiy mulk sohasiga esa, alohida shaxslar manfatini himoya qiluvchi normalar kirgan. Shunisi e’tiborga molikki, Rimda ommaviy va xususiy huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning xususiyatiga ko‘ra ancha farqlangan. Xususan, ommaviy huquq uchun jus publicum privatorum pactis mutari non protest, ya’ni om- maviy huquq normalari alohida shaxslarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin emas, degan tamoyil xos bo‘lgan. Bunday normalar imperativ nor- malar, deb atalgan. Ya’ni, so‘zsiz, majburiy, hokimona buyruq xususiyatiga ega bo‘lgan normalar. Xususiy huquq uchun esa, vakolat beruvchi normalar xos bo‘lgan. Moddiy va protsessual huquq. Huquq tizimidagi tarmoqlar moddiy va protsessual huquq turlariga ham bo‘linadi. Konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliyaviy huquq, yer huquqi, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi va mehnat huquqi o‘z mazmuniga ko‘ra moddiy huquq hisoblanadi va ular insonlararo, ularning xilma-xil tuzilmalariaro real tarkib topadigan munosabatlarni tartibga soladi. Bu munosabatlar mulk shakllari, mulkka egalik qilish, undan foydala- nish, uni tasarruf etish, mulkni olish va sotish, davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlar, fuqarolarning mehnat faoliyati, huquq va erkinliklarini amalga oshirish bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Protsessual huquq tarmoqlariga esa, jinoyat-protsessual, fuqarolik protses- sual va xo‘jalik protsessual huquq tarmoqlari kiradi. Ular turli nizolar, kelish- movchiliklarni hal etish, jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarni tergov qilish va sudda ko‘rishning tashkiliy masalalarini tartibga soladi. Masalan, jinoyat huquqi normalari qanday qilmish jinoyat ekanligi va shu xatti-harakat yoki ha- rakatsizlik uchun beriladigan jazoning umumiy asoslarini belgilab bersa, jinoyat- protsessual huquqi uni tergov qilish, sudda ko‘rish kabi qator masalalarni o‘z normalarida mustahkamlaydi. Moddiy huquq bilan protsessual huquq o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Ular bir-birini taqozo etadi va uzviylikda bir butun yaxlitlik kasb etadi. Shunday qilib, huquq tizimi – huquqning obyektiv ravishda shakllangan ichki tuzilishi bo‘lib, u harakatdagi, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan barcha yuridik normalar, institutlar va huquq tarmoqlarini o‘z ichiga oladi, ichki uz- viylik va ayni paytda, tartibga soladigan munosabatlarning xususiyatlaridan kelib chiqadigan farqlar bilan tavsiflanadi. Huquq tizimi tarkibidagi eng yirik tuzilma – huquq tarmog‘idir. Huquqni tarmoqlarga ajratish ikki mezon, ya’ni huquqiy tartibga solish- ning predmeti va huquqiy tartibga solishning usuli (metodi) orqali amal- ga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling