Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy tartibga solish usuli
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy tartibga solish usuli – jamiyatdagi mavjud ijtimoiy mu-
nosabatlarga huquq vositasida qo‘llaniladigan usul, vosita va yo‘llar majmui. Huquqiy tartibga solish usuli uzoq tarixiy jarayonda shakllangan hodisa bo‘lib, davlat undan huquqiy normalarni yaratishda va ijtimoiy munosabat ishtirokchi- lari o‘rtasidagi huquqiy aloqalarni tartibga keltirishda foydalanadi. Agar huquqiy tartibga solish predmeti huquq nimani tartibga soladi, degan savolga javob bersa, huquqiy tartibga solish usuli esa, huquq shu ijtimoiy munosabatlarni qanday, qaysi yo‘l va usul bilan tartibga soladi, degan savolga javob beradi. Huquqiy tartibga solish usuli huquqni tarmoqlarga ajratishning ikkilam- chi (qo‘shimcha) asosi bo‘lsa-da, uning huquqiy tartibga solish samaradorligini oshirishdagi roli beqiyosdir. Ta’kidlash joizki, darslik va ilmiy adabiyotlarda huquqiy tartibga solish usullarining turlari va ularning tasniflari to‘g‘risida yakdillik yo‘q. Biroq, turli- cha tasniflarning mavjudligiga qaramay, ularning barchasini mazmunan ikki guruhga bo‘lish mumkin: 318 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi – avtonomiya usuli (dispozitiv); – avtoritar usul (imperativ). Avtonomiya usuli asosan fuqarolik huquqi, oila huquqi, mehnat va savdo huquqi, ya’ni xususiy huquq ta’siri daxldor bo‘lgan sohalarda qo‘llaniladi. Avtoritar usul esa davlat huquqi, ma’muriy huquq, moliya huquqi, jinoyat huquqi, ya’ni ommaviy huquq ta’siri daxldor sohalarda qo‘llaniladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, huquq tar- moqlari – ijtimoiy munosabatlarning yirik, yaxlit bir sohasini tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuidan iborat huquq tizimining taribiy qismidir. O‘zbekistonda hozirgi payt- da mavjud eng asosiy huquq tarmoqlari va ularning o‘ziga xos jihatlariga, predmeti hamda tartibga solish usuli xususiyat- lariga, har bir tarmoqning huquq tizimida egallagan o‘rni va ularning o‘zaro farqlariga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Mamlakat huquq tizimida yetakchi o‘rinni Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling