Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


huquqiy tartibga solish predmeti


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

huquqiy tartibga solish predmeti – huquqiy ta’sir doirasidagi 
barcha ijtimoiy munosabatlardir, boshqacha aytganda, huquqiy maydon qam-
rovidagi munosabatlardir.

Шершеневич Г.Ф. Общая теория права. Вып. 3. – М., 1912. – 514–515-betlar.
Huquqiy tartibga 
solish predmeti va 
uslubi – huquqni 
tarmoq va 
institutlarga 
ajratish mezoni
2-§.


317
XV bob.
 Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
Huquqiy tartibga solish predmeti – jamiyat a’zolari bo‘lmish insonlar 
o‘rtasida vujudga keladigan va tarkib topadigan faktik, real munosabatlar 
bo‘lib, ular obyektiv ravishda huquqiy tartibga solinishga muhtoj bo‘ladilar. 
Bunday munosabatlar xilma-xil va ko‘p sonli, ya’ni, boshqaruv, mehnat, mulk, 
oila va boshqa sohalarda bo‘lishi mumkin. Ular mazmunan turlicha bo‘lgani 
holda, muayyan umumiy xususiyatlardan ham xoli emas. Umumiylik esa, 
quyidagilarda ko‘rinadi:
1) avvalo, insonlar va ularning turli jamoalari, birlashmalari uchun hayo-
tiy muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar;
2) stixiyali tarzda bo‘lmay, balki doimo aniq maqsadga yo‘naltirilgan, 
irodaviy munosabatlar;
3) barqaror, qayta-qayta takrorlanadigan, tipik (xos va mos) munosa-
batlar; 
4) insonlarning xatti-harakati orqali ifodalangan munosabatlar va 
shu bois ularning kechishi jarayoni ustidan chetdan nazorat olib borish 
mumkin.
Shunday qilib, ijtimoiy munosabatlar, aniqrog‘i, ularning mazmuni, 
hajmi, ixtisoslashganligi, guruhlashganligi huquq tizimining ham tarkibiy 
tuzilishini, uning ichki «qurilmasi»ni belgilovchi bosh omil va asosiy mezon 
bo‘lib xizmat qiladi. Ta’kidlash joizki, har bir huquq tarmog‘ining huquqiy 
tartibga solish predmeti o‘z xususiyatiga ega. Shu bois bu holat mazkur tarmoq 
obyekti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning ma’lum turini tartibga solishning 
usuli ham o‘ziga xos bo‘lishini taqozo etadi. Huquqni tarmoqlarga ajratishning 
yana bir muhim mezoni huquqiy tartibga solish usulidir.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling