Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


konstitutsiyaviy (davlat)


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

konstitutsiyaviy (davlat) 
huquq sohasi egallaydi. Bu huquq tarmog‘i davlatga oid eng muhim, asosiy 
munosabatlarni tartibga soladi va shu bois uning normalarida boshqa huquq 
sohalari uchun negiz – poydevor bo‘ladigan qoidalar mustahkamlangan. 
Uning asosiy normalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi konsti-
tutsiyaviy qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan. 
Konstitutsiyaviy huquq normalari O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi 
asoslarini, shaxsning huquqiy holati, davlat hokimiyatining oliy va mahalliy 
organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati asoslarini va 
davlat tuzilishiga oid boshqa masalalarni mustahkamlaydi. Davlat tuzumiga 
oid munosabatlar bevosita konstitutsiyaviy huquqning obyekti hisoblanadi. Bu 
huquq tarmog‘i usulining mazmuni – ta’sis etish, mustahkamlashdan iborat-
dir. Ta’kidlash joizki, mazkur huquq normalari, asosan, gipoteza va dispozitsi-
yadan iborat tuzilmaga ega bo‘lib, ularda aniq sanksiya mustahkamlanmagan. 
Ayni paytda, Konstitutsiyaning ba’zi normalari to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi
qo‘llanishi mumkin.
Ma’muriy huquq konstitutsiyaviy huquq bilan mustahkam bog‘liq 
bo‘lgan huquq tarmog‘i hisoblanadi va u ijro etuvchi hokimiyatni amalga 
oshirishda vujudga keladigan boshqaruv munosabatlarini tartibga soladi. Bu 
huquq tarmog‘i normalari davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor 
shaxslarning boshqaruv, ijro etish hamda farmoyish berish bilan bog‘liq faoli-
yatini tartibga soladi. Boshqaruv, ijro etish va farmoyish berish funksiyasini 
O‘zbekiston 
Respublikasidagi 
asosiy huquq 
tarmoqlarining 
qisqacha tavfsifi
3-§.


319
XV bob.
 Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
amalga oshiruvchi organlar, jumladan, Prezident devoni, Hukumat, vazirliklar, 
davlat qo‘mitalari, mahalliy organlar ma’muriyati tegishlicha vakolatlar bilan 
ta’minlangan. Iqtisod va madaniyatning sohalari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan 
va maorif, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot, mudofaa va xavfsizlik kabi 
sohalardagi boshqaruv bu huquq tarmog‘ining obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur tarmoqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda qo‘llaydigan 
usuli hokimiyat va bo‘ysunish, imperativ xarakterdagi buyruqlar, lavozimi va 
darajasiga asoslangan pog‘onama – pog‘ona bo‘ysunish, topshirilgan soha 
uchun yakka tartibdagi javobgarlik kabilardan iborat.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling