Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

qonunchilik institutini ifodalaydi (masalan, fuqarolik qonunchiligi 
sohasining tarkibiga kiruvchi mualliflik, meros, hadya, oldi-sotdi, ijara insti-
tutlari). 
Uchinchisi – qonunchilik tizimining asosini, uning sohalari va insti-
tutlari tashkil topishining boshlang‘ich bo‘g‘inini yuridik norma, ya’ni qonun 


325
XV bob.
 Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
va boshqa normativ-huquqiy hujjatning normasi (moddasi) tashkil etadi. Qo-
nunchilik tizimining ushbu boshlang‘ich qismini shartli ravishda 
qonunchilik 
normasi deb atash mumkin. Qonunchilik normasi deganda, Konstitutsiyaning 
normasini, qonunning qoidasi (moddasi)ni, farmonning normasini, hukumat 
qarorlarining normasini tushunish lozim.
To‘rtinchisi – o‘z mazmuniga ko‘ra ijtimoiy hayotning nisbatan mustaqil 
sohalarini tashkil etuvchi har turli ijtimoiy munosabatlar majmuini tartibga 
soluvchi, bir necha huquq sohalariga oid huquq normalarini o‘z ichiga oluvchi 
normativ tuzilma 
qonunchilikning kompleks sohasi (masalan, transport
baliqchilik xo‘jaligi, harbiy, temir yo‘l munosabatlariga oid qonunchilik) deb 
ataladi
1
. Masalan, qonunchilikning kompleks sohasi sifatida harbiy qonunchilik 
Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi, harbiy xizmat o‘tash tartibi, har-
biy xizmatchilar hamda ular oilalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
ta’minlash va qo‘riqlash bilan bog‘liq davlat, ma’muriy, yer, moliya, jinoyat va 
boshqa huquq sohalariga tegishli normalarni o‘z ichiga oladi. 
Taassufki, milliy huquqshunosligimizda 
«huquq» bilan «qonun»ni bir-biri-
dan farqli hodisalar ekanligini anglamasdan, ularni aynanlashtirish holatlari 
mavjud. Shu bois aksariyat tadqiqotchilar 
«huquq sohasi» va «qonunchilik so-
hasi» kategoriyalarini yetarlicha farqlamaydilar. Ba’zi olimlar «huquqning kom-
pleks sohalari» bo‘ladi, deb hisoblaydilar
2
. Aslida, kompleks sohalar, yuqorida 
isbot qilganimizdek, faqat qonunchilikda mavjud bo‘lishi mumkin. Shuni yana 
bir karra yodga solish lozimki, huquq sohalarini shakllantirish (alohida ajratish) 
mezoni huquqiy tartibga solish predmeti va tegishli huquqiy tartibga solish 
metodidir. Ular har bir huquq sohasi uchun alohida va o‘ziga xos hodisadir
3

Qolaversa, huquq sohasining predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar 
bir turliligi, mazmunan bir toifaga mansubligi, ta’bir joiz bo‘lsa, «bir jinsliligi» 
bilan tavsiflanadi, va aslo, kompleks xususiyatga ega emas.
Qonunchilikning kompleks sohasi to‘la shakllanib, amal qilishi uchun 
kompleks normativ hujjatlarning tizimi (yig‘indisi) mavjud bo‘lishi lozim. 
Shunday qilib, kompleks mazmundagi hujjatlarning yig‘indisi, majmuasi qo-
nunchilikning kompleks sohasini hosil qiladi. Bitta qonunchilik hujjatida turli 
huquq sohalariga tegishli normalarni jamlash qonun chiqaruvchi organga ma-
salalarni keng qamrovli, ya’ni kompleks tarzda hal qilish imkoniyatini beradi. 
Masalan, bitta qonunchilik hujjatida ijtimoiy muhim masalaning ham fuqaroviy-
huquqiy, ham ma’muriy, ham jinoiy-huquqiy va boshqa jihatlari kompleks 
tarzda aks ettiriladi.

O‘zbеkistоn milliy ensiklоpеdiyasi. T.12. – T., 2006. – 205-bеt.

Rаhmоnqulоv Х.R. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining milliy huquq tizimi. – T., 2007. – 8-bеt.

Оdilqоriyev Х.Х. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining qоnunchilik tizimi. – T., 2008. – 58-bеt.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling