Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish
Normativ-huquqiy
hujjatlarni tizimlashtirish tushunchasi va turlari 5-§. 328 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi yalashish xarakteriga, ya’ni, muayyan darajada tizimlashuv mazmuniga ega emas» 1 . Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish huquqiy tizim amal qilishi- ning, muntazam rivojlanib borishining sharti hamda amaldagi qonunchilik huj- jatlarini tartibga solish, mantiqiy umumlashtirishning shaklidir 2 . Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish – demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida Konstitutsiya va qonun ustunligi, hokimi- yatlar taqsimlanishining o‘zaro tiyib turish va muvozanatlash mexanizmini ta’minlashga, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Mavjud qonunchilik hujjatlarini kodeks shaklida tartibga solingan hujjatlar bilan almashtirib borish, qonunlar majmuini yaratish, mamlakat huquqiy klas- sifikatorini takomillashtirish, shuningdek, qonunchilik resurslaridan foydala- nish tizimini zamonaviy global elektron axborot tarmog‘i imkoniyatlari bilan ta’minlashga qaratilgan yaxlit, uzluksiz ilmiy-nazariy hamda amaliy faoliyatdir. Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish davlat mexanizmi va huquqiy tizim jo‘shqin maromda ishlashining zaruriy shartidir. Mazkur faoliyatni oqilona yo‘lga qo‘yish uning nazariy va metodologik asoslari hamda mukam- mal mexanizmini ishlab chiqishni taqozo etadi. Bu ishga davlat hokimiyati or- ganlari, muassasalarini va huquqshunos olimlarni faol jalb etish zarur. Qonun- chilik hujjatlarini tizimlashtirishning real vazifalarini belgilash uchun, birinchi navbatda, huquq tizimi va qonunchilik tizimi o‘rtasidagi munosabatni chuqur tadqiq etish zarur. Ko‘p yillar davomida MDH davlatlari va mamlakatimiz huquqshunos olimlari tomonidan bu masalada muayyan tadqiqotlar olib bo- rilib, ularning ko‘pchiligi qonunchilik amaliyotida o‘zining munosib tasdig‘ini topgan, ba’zilari esa, qonunchilikda bahs-munozaraligicha qolib kelmoqda. Milliy huquq tizimining elementini huquq normasi, qonunchilik tizimining ele- mentini esa normativ-huquqiy hujjatning (qonunning) normasi tashkil qiladi. Qonunchilikni tizimlashtirishni aniq tashkil etishda, shuningdek huquq instituti va qonunchilik instituti, huquq tarmog‘i va qonunchilik tarmog‘i o‘rtasidagi nisbatni aniqlash ham nihoyatda muhimdir. Huquq tizimi va qonunchilik tizimi rivojlanishining tendensiyalarini tadqiq etish nafaqat nazariy, balki amaliy munosabatlar uchun ham dolzarb hi- soblanadi. Bunday masalalarning ilmiy yechimi, avvalambor, amaldagi norma- tiv-huquqiy hujjatlarni ro‘yxatga olish va tizimilashtirish, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining majmuini yaratish uchun birinchi darajali ahamiyat 1 Kаrimоv I.А. Аsоsiy vаzifаmiz – Vаtаnimiz tаrаqqiyoti vа хаlqimiz fаrоvоnligini yanаdа yuksаltirishdir. – T.: «O‘zbekiston», 2010. – 14-bet. 2 Qаrаng: Проблемы общей теории права и государства/Под. общ. ред. проф. В.С. Нерсесянца. – М., 2008. – 347-bet; Теория права / Под. ред. проф. М.Н. Марченко. – М., 1998. – 197–198-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling