Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet332/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

331
XV bob.
 Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
to‘plam sifatida nashr etib keldi. Endilikda, «O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami» nashr qilinmoqda.
Inkorporatsiyaning uch turi mavjud:
a) 
rasmiy inkorporatsiya – qonunchilik hujjatlarini ularni chiqargan or-
ganlar tomonidan to‘plam va majmua shaklida tizimlashtirish;
b) 
norasmiy inkorporatsiya – bunda tizimlashtirilgan to‘plamlar 
tuzish unga maxsus vakolatli bo‘lmagan idora va tashkilotlar tomonidan 
amalga oshiriladi (masalan, yuridik nashriyotlar tomonidan yoki ilmiy-tadqiqot 
muassasalari tomonidan tizimlashtirish);
d) 
ofitsioz inkorporatsiya – qonunchilik hujjatlarining ularni tizim-
lashtirish vakolatiga ega bo‘lgan idoralar tomonidan to‘plam yo majmua qilib 
chiqarilishi (odatda, bunday tizimlashtirish Adliya vazirligi tomonidan amalga 
oshiriladi).
Qonunlar majmuini tuzish, qonunlar va boshqa muhim normativ-
huquqiy hujjatlarni to‘plab, qat’iy tartib asosida mavzuli (predmetli) tizim-
lash – inkorporatsiyaning eng yuqori ko‘rinishidir.
Konstitutsiya asosida mamlakat qonunlari majmuini tayyorlash va chop 
etish qonunlar mazmunini aholiga yetkazish, fuqarolarning huquq va erkin-
liklarini qo‘riqlashni kuchaytirish, davlat va jamiyat hayoti huquqiy negizini 
mustahkamlashga, ommaning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat 
qiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni 
jamlash (konsolidatsiya qilish) usuli 
qonunchilikni tizimlashtirishga yaqin turadi. Qonunchilikni jamlash normativ-
huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishdan oldin, dastlabki bosqich sifatida may-
donga chiqadi. Bunda u yoki bu masalaga oid huquqiy hujjatlar to‘planadi, 
birlashtiriladi hamda umumlashtiriladi.
 
Til odamlar o‘rtasida aloqa qilish, bir-
birini tushunish, inson faoliyatining barcha 
sohalarida birgalikda faoliyat yuritishning 
muhim vositasidir. Normativ hujjatlar tili 
muayyan xususiyatlar va qonuniyatlarga ega bo‘lib, ular mustaqil ilmiy 
tadqiqotlar mavzuini tashkil etadi
1
. Qonun ijodkorligi, huquqni qo‘llash va talqin 
etish amaliyoti uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu muammo 
bo‘yicha asosli va chuqur tadqiqotlar o‘tkazish zarur. Bundan tashqari, asosiy 
yuridik atamalarni bir xilda tushunish va qo‘llash uchun ularning umumiy 

Qаrаng: Оdilqоriyev Х.T. O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа qоnun chiqаrish jаrаyoni. – T., 1995. 
– 191–194-betlar; Ko‘chimоv Sh. O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа qоnunchilik tехnikаsi. – T., 1997.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling