Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
333
XV bob. Huquq tizimi va qonunchilik tizimi. Qonunchilikni tizimlashtirish sinonim so‘zlarning har biri o‘z ma’nosiga ega. Ulardan noto‘g‘ri foydalanish normativ matnda noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Boz ustiga, aksari- yat sinonimlar normativ hujjatlarda o‘ziga xos ma’no kasb etadi. Ayrim yuristlar ongida hanuzgacha saqlanib qolgan «oddiy fuqarolar mu- taxassislarning yordamisiz qonunlarning mazmunini tushuna olmaydilar», de- gan zararli qarashga barham berish kerak. Qonun matni qanday tuzilganiga ko‘p narsa bog‘liq. Qonun talablari hammaga tushunarli va aniq bo‘lishi lozim. Agar qonun ijtimoiy munosabatlarning tor va maxsus sohasini tartibga solsa hamda xodimlarning alohida toifasiga mo‘ljallangan bo‘lsa, unda maxsus va texnik atamalar hamda iboralarni qo‘llash o‘rinli bo‘ladi. Bordi-yu, qonun keng aholiga mo‘ljallangan bo‘lsa, uni nisbatan sodda va tushunarli tilda bayon etish lozim. Bunday hujjatlarda murakkab va maxsus atama hamda iboralarni, max- sus so‘z va jumlalarni tushuntirmasdan keng qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Ta’riflarning noaniqligi, tushunchalar va atamalarni bir xilda qo‘llamaslik normativ hujjatni noto‘g‘ri tushunish va qo‘llashga, uning asl ma’nosidan che- kinishga olib keladi. Normativ hujjatda noo‘rin yoki noto‘g‘ri qo‘llangan atama yoki ibora, noto‘g‘ri tuzilgan yoki tushunarsiz jumla, xato punktuatsiya – bu- larning barchasi jiddiy oqibatlarga: ko‘p sonli so‘rovlar va bahslarga, qo‘shimcha tushuntirishlar talab etilishiga, eng xavotirlisi – normativ hujjatlar ma’nosining buzilishiga va ularni qo‘llashda xatolar bo‘lishiga olib keladi. Normativ matn qanchalik aniq va tushunarli bayon etilgan bo‘lsa, huquq normalarini qo‘llashda shunchalik kam qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, qonunning maqsadi hayotga shunchalik to‘g‘ri va izchil tatbiq etiladi. Normativ hujjatlar matnini bayon etish tilining xususiyatlari maxsus yuridik til mavjud, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. Maxsus atamalar sonining ko‘pligi maxsus bilimlar yoki talqin qilishni taqozo etadi. Huquqiy hujjatlar matnini bayon etish xususiyat- lari huquqiy hujjatlarning maxsus tili mavjudligidan dalolat beradi. Yurtimizdagi yuridik til – rasmiy o‘zbek adabiy tilining alohida turi. U huquqiy ko‘rsatmalarni bayon etishning o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq. Nor- mativ hujjat tilining sodda, tushunarli, jonli va sermazmunligi qonunni amalga oshirishning samarali vositasidir. Yuridik ta’riflar eslab qolish uchun oson, tushu- narli va ifodali bo‘lishi, odamlar ongiga chuqur kirib borishi, ularning yuridik madaniyati va huquqiy ongini oshirishga ko‘maklashishi katta ahamiyatga ega. Ba’zan normativ hujjatlarda, sud qarorlarida, o‘quv adabiyoti va monografi- yalarda uchrab turadigan «huquqiy jargon»ni qo‘llashdan ehtiyot bo‘lish kerak. So‘nggi yillarda qabul qilingan normativ hujjatlar tili ancha yaxshilandi. Lekin, shunga qaramay, ayrim hujjatlarda til va uslub nuqtayi nazaridan kam- chiliklar mavjudligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Grammatik xatolar, grammatik shakllarni noto‘g‘ri qo‘llash hollari, g‘aliz jumlalar va iboralar, ortiqcha hamda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling