Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

329
XV bob.
 Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
kasb etadi. Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish amaldagi huquq tizimiga qanchalik 
muvofiq kelsa, undan kutilayotgan natijalar shunchalik yuqori bo‘ladi.
Huquq tizimi va qonunchilik tizimi o‘rtasidagi munosabatni tadqiq etish 
davomida «qonunchilikning tizimliligi», «qonunchilikni tizimlashtirish», «qonun 
hujjatlarining sistematikasi» kabi tushunchalar o‘rtasidagi aloqadorlik va farqli 
jihatlarning aniqlanishi dolzarb muammolardan biridir. 
Qonunchilikni tizimlashtirish, birinchi navbatda, inson va fuqarolarning 
qonunlardan unumli foydalanishiga imkon yaratadi. Shu jihatdan, normativ-
huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishni mamlakat Konstitutsiyasidan kelib chiqib 
tashkil etishni ham o‘ylab ko‘rish lozim. Masalan, fuqaroda bankka qo‘yilgan 
omonatlarning sir tutilishiga oid muammo kelib chiqdi, deylik. Fuqaro esa, 
bank va moliya huquqi sohasi bo‘yicha yetarli malakaga ega emas. U o‘zining 
huquqiy savodxonligi darajasidan kelib chiqib, huquqlarining buzilishiga oid 
tegishli huquqiy normani qidirib topa olmasligi mumkin. Shu bois, fikrimizcha, 
fuqarolarning huquqlari va burchlarini tartibga solishga qaratilgan normalar 
guruhini qonunchilik tizimida alohida bo‘lim sifatida ajratish maqsadga mu-
vofiq. Chunki, fuqaroning o‘zi izlagan qonunni tez va oson topishiga erishish 
qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning eng asosiy maqsadidir. Yuridik 
adabiyotlarda tizimlashtirishning quyidagi ikki an’anaviy turi – 
kodekslashtirish 
va 
inkorporatsiya haqida so‘z yuritiladi.
Kodekslashtirish – qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning eng 
yuqori shaklidir. Mazkur amal tufayli qonunchilik tarmog‘idan muhim huquqiy 
normalarni mantiqiy birlashtiruvchi kompleks hujjat (kodeks) vujudga keltirila-
di. Kodekslashtirishda normativ-huquqiy hujjatlar shunchaki, oddiygina to‘plab 
birlashtirilmaydi, balki huquqiy tizimning umumiy prinsiplaridan kelib chiqib, tar-
moqdagi barcha normativ material ichki mutanosib, bir butun va ilmiy tizim-
lashtirilgan yagona va yaxlit hujjat ko‘rinishida bayon etiladi.
Kodekslashtirish – amaldagi qonunchilik normalarini chuqur va har to-
monlama qayta ishlash hamda zarur bo‘lsa, unga jiddiy o‘zgartishlar kiritish 
orqali yangi, kompleks, tizimlashtirilgan normativ-huquqiy hujjat yaratishdir. 
Kodekslashtirishning muhim xususiyati va inkorporatsiyadan farqi shundaki, u 
faqat qonunni ijod etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Shu jihatdan u 
huquq ijodkorligining bir turi hisoblanadi.
Kodekslashtirishda normativ-huquqiy hujjatning mazmuni o‘zgaradi; ya’ni 
eskirgan huquqiy norma bekor qilinadi, yangisi yaratiladi; ko‘pchilik norma-
lar qayta bayon qilinadi; normalar o‘rtasida qarama-qarshiliklar, takrorlashlar 
hamda huquqdagi kamchiliklar bartaraf etiladi.
Kodeks – muayyan huquq (qonunchilik) sohasidagi ustuvor normalarni 
ifoda etuvchi, mujassamlashtiruvchi qonundir. U katta miqdordagi turli xil 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling