Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

337
XV bob.
 Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
7) normativ hujjatlar tilining sodda, aniq va lo‘ndaligi, oson esda qolishi. 
Qonun aniq va lo‘nda bo‘lgan taqdirdagina qoida real mazmun kasb etadi. 
Qonunni bilmaslikni bahona qilish mumkin emas. Darhaqiqat, fuqarolar uchun 
tushunarli bo‘lmagan, faqat yuristlargina tushunib, to‘g‘ri talqin qila oladigan 
qonunlarga bo‘ysunishni fuqarolardan talab qilish behuda. Tushunish uchun 
mutaxassislar yordami talab etiladigan qonun samarasizdir;
8) normativ-huquqiy hujjat yagona mazmun bilan bog‘langan, bitta tartibga 
solish predmetiga ega bo‘lishi lozim. Bir-biriga bevosita bog‘lanmaydigan ikki 
yoki undan ortiq mustaqil masalalar bo‘yicha qonun qabul qilish maqsadga 
muvofiq emas. Qonun huquqning muayyan tarmog‘i yoki boshqa instituti bilan 
bog‘liq munosabatlarni tartibga solishi, huquqiy tartibga solishning ma’lum 
predmetini qamrab olishi lozim;
9) normativ-huquqiy materialni yaxshiroq izohlash, undan foydalanish, 
uni hisobga olish va sistemalashtirishni yengillashtirish maqsadida ayni bir 
masala yuzasidan bir nechta hujjat qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Yagona kompleks qonunda (qoida tariqasida, kodeksda) huquqning ma’lum 
tarmog‘i, muhim huquqiy institutning barcha masalalari to‘liq tartibga so-
linishiga, unda huquqiy tartibga solishning muayyan sohasi doirasida har qan-
day savolga javob bo‘lishiga erishgan ma’qul. Ushbu masala yuzasidan barcha 
qo‘shimchalarni, qonunchilikni murakkablashtirib yangi mustaqil hujjatlar 
qabul qilmagan holda asosiy hujjatning matniga kiritish lozim; 
10) huquq ijodkorligining texnik usullaridan bir xilda va izchil foydalanish. 
Agar normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va rasmiylashtirishda 
ma’lum texnik qoida qo‘llanilgan bo‘lsa, uni shunga o‘xshash qolgan barcha 
holatlarda ham qo‘llash zarur.
Yuqorida zikr etilgan barcha talablarni qat’iy va izchil bajarish yuri-
dik madaniyat nuqtayi nazaridan mukammal, sifatli va samarali qonun qabul 
qilishga ko‘maklashadi. Talablardan birini bajarmaslik yoki birining hisobiga 
boshqasiga haddan tashqari berilish (masalan, matnning mazmuniga ziyon 
yetkazish hisobiga ixchamlikka intilish) hujjatning texnik jihatdan nomukam-
malligidan, qonun ijodkorlari malakasining yetarli emasligidan dalolat beradi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tuzish ishini rejalashtirish 
nihoyatda katta ahamiyatga ega. Qonun ijodkorligi organi ma’lum davrga 
mo‘ljallangan reja tuzsa, unda qaysi masalalar yuzasidan asosiy qonunchilik 
hujjatlari qabul qilish lozimligi, ularning har biri qaysi muddatlarda tayyor 
bo‘lishi kerakligi, muayyan hujjatni o‘z vaqtida tayyorlash uchun qaysi qo‘mita 
(mansabdor shaxs) bevosita javob berishini ko‘rsatsa, maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Fikrimizcha, joriy (masalan, bir yilga mo‘ljallangan) va istiqbolli (to‘rt-
besh yilga mo‘ljallangan) rejalashtirishni amalga oshirish zarur. Qonun ijod-
22–18-8



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling