Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
XVI bob. HUQUQIY TIZIM VA HUQUQIY ISLOHOT
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Huquqiy tizim»
XVI bob. HUQUQIY TIZIM VA HUQUQIY ISLOHOT
Huquqiy tizim tushunchasi va mohiyati 1-§. 341 XVI bob. Huquqiy tizim va huquqiy islohot rish, ular orasidagi bog‘liqliklarni ochib berish ehtiyoji vujudga keladi. Bu vazifani aynan tizimli tadqiqotlar hal etadi. Huquqiy hodisalarga tizimli yondashuv ularni mukammal o‘rganishga ko‘maklashadi. Huquqiy hodisalar – insonlar irodasining mahsuli. Aynan in- sonlar, ularning uyushmalari siyosiy institutlarni vujudga keltiradi hamda huquqiy hodisalarni rasmiylashtiradi. Mazkur siyosiy institutlar va huquqiy hodisalar yig‘indisi o‘zaro aloqada bo‘ladi va yaxlit bir butunni tashkil etadi. Tizimning xususiyati shunda ifodalanadiki, uning tegishli qismlari bir butunga birlashadi. Qismlar yaxlitlikni hosil qiladi va aksincha yaxlitlik qismlarni bir- lashtiradi, ularning mohiyati, mazmuni va shakllarini, tizim tarkibidagi o‘rni va vazifasini belgilab beradi. «Huquqiy tizim» tushunchasi yuridik fanga XX asrning so‘nggi choragida kirib kelgan bo‘lib, u bugun siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tizimlar bilan bir qatorda namoyon bo‘lmoqda. Huquqiy tizim huquqqa oid tushunchalar, huquqiy insti- tutlar, huquqiy jarayonlar va boshqa barcha huquqiy voqelikni o‘zida mujas- samlashtirgan holda ular o‘rtasidagi aloqadorlikni ifodalaydi. Huquqiy tizim, o‘z navbatida, davlat va jamiyatning huquqqa munosabatini aks ettiradi. Yuqori darajada rivojlangan huquqiy tizim nafaqat huquqni ijod qiluvchi, uni amalga oshiruvchi hamda muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qulayliklar yaratadi, balki butun jamiyatni huquq talablari doirasida hayot kechirishini ta’minlaydi. Huquqiy tizimni alohida o‘rganish va unga baho berishda quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratish lozim: – huquqiy tizim tushunchasi (mazmuni); – huquqiy tizimning tarkibi (tuzilishi); – huquqiy tizimning amal qilish doirasi (makonda va zamonda); – huquqiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari (belgilari). Huquqiy tizim tushunchasini tahlil etishda, mamlakatimiz va xorijiy dav- latlar olimlarining fikrlariga e’tibor qaratish lozim. Ushbu tushuncha huquqshu- noslar tomonidan turlicha talqin etiladi. Ba’zi mualliflar «huquqiy tizim»ni «huquq tizimi» iborasi bilan bir xil deb tushunadilar, boshqa olimlar esa, maz- kur tushuncha doirasida huquqiy normalar va huquqiy munosabatlarning o‘zaro daxldorligini nazarda tutadilar. Uchinchi guruh mutaxassislar «huquqiy tizim tushunchasi normativ tuzilma sifatida huquqning tuzilishini, vakolatli organ- larning huquq ijodkorlik va huquqni qo‘llash sohasidagi faoliyatlarini qamrab oladi», deb ta’kidlaydilar 1 . Akademik V.S. Nersesyansning fikricha, huquqiy tizimni ta’riflash, o‘z mohiyatiga ko‘ra, huquqni umumiy tushunishni, shartli ravishda «huquqiy tizim» so‘zi bilan almashtirilishini bildiradi 2 . 1 Алексеев С.С. Общая теория права. Т.1. – М., 1981, – 87–88-betlar. 2 Проблемы общей теории права и государства / Отв. ред. В.С. Нерсесянц. – М., 2000. – 450-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling